15 minut
5
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
«xozirgi zamon oilalari, ularning turlari» mavzusi yuzasidan
turli xil ko’rgazmali qurollar tayyorlash.
O’qituvchi,
10 minut
41
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o’zgartirishlar kiritadi.
Asosiy savollar:
1.
Zamonaviy oila psixologiyasi
2.
Oiladagi muhit va shaxslararo munosabat
3.
Oila turlari
1-savol bayoni.
Oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o’chog’i sifatida shaxsning
shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funktsiyasini
ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar,
sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o’zaro hamjihatlik
inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o’zi
murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos tomonlari uning
barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni
tadqiq qilishda quyidagicha yo’l tutishni lozim topdik:
Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini
yoritish. Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-
psixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish.
Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o’zaro
uyg’unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining
saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi,
avlodlar o’rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti
so’zsiz inqirozlarni oldini olishga puxta zamin hozirlaydi.
Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash,
undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi.
Quyida shu xususida mulohaza yuritiladi.
Hozirgi zamon oilasi ―monogam‖ oilalardan iborat. Yosh avlod hayotining ko’p
qismini o’z oilasida o’tkazadi. Shu boisdan bola turmushning murakkab tomonlari bilan
xuddi shu ota-ona maskanida tanishadi. Shuninig uchun ham oila jamiyatning
boshlang’ich yacheykasi sifatida bolalarning axloqi, yurish-turish, xatti-harakati, e’tiqod
va dunyoqarashiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi hamda ularni turmush qurishga tayyorlab
borishi lozim. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning
ijobiy ta’sirida yigit va qizlar asta-sekin kamol topib boradilar.
Hozirgi zamon oilasidagi an’analar va turli marosimlarnig ijobiy ta’siri kuchli
bo’lib,
xalqimizning
o’zoq
o’tmishidagi
ahloqiy
hislatlarini
ifodalovchi
mehmondo’stlik, insonparvarlik, xushfe’llik, iltifotlilik, bolajonlik, uy va hovlini ozoda
saqlash, bog’u-rog’lar barpo etish, xalq sayillari va mavsumiy bayramlarini birgalikda
o’tkazishda o’z ifodasini topadi. Psixologik muhit – bu guruhdagi, kolllektivdagi
kishilarning psixologik holati, kayfiyati, munosabatlarini yig’indisidir. Psixologik
muhitlar juda ko’p, ammo ularning barchasini ikki kategoriyaga, qulay va noqulay
kategoriyalarga bo’lish mumkin. Gruppa yoki kollektiv muhiti quyidagilar bilan
aniqlanadi: gruppa yoki jamoa uchun tashkil qilingan o’qish, mehnat faoliyatining har
qanday turida qoniqqanlik, xodimlar va rahbarlar bilan bo’lgan munosabatlarda – o’zaro
bir-birini tushunishdan, barqaror kayfiyat, emotsional holat, har kimning emotsional
muvaffaqiyatining darajasidan jipslashganlikdan kollektiv a’zolarni boshqarish va o’z-
o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir.
42
Oiladagi psixologik muhit – boshqa har qanday gruppada bo’lgan qonunlardan
tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabroqdir. Unda kishilar o’z hayotining
ko’proq qismini o’tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko’proq samimiy tuyg’ular va
munosabatlar orqali bog’langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti
yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila
a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi.
Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilallarda o’ziga va xotiniga bo’lgan
munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo’ldilar.
Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng
muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va e’tibor bera
bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan
oilalargina baxtli bo’lishlari mumkin.
Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa a’zolarida
o’ziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuyg’ularni
shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi.
Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon bo’ladi.
Kishilar bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional
ko’rsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini
tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday bo’lsa
shundayligicha qabul qiladi. Oila a’zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik,
himoyalanish, bir-birining muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mub’ektiv
ko’rsatgichidir.
Kishilarning nomuvofiqligi oila a’zolariningg bir-birlari bilan muomalada va
o’zaro harakatda bo’lgan ehtiyojlarining chegaralanganligida ko’rinadi. Bunday
kishilarning bir-birlari bilan ajralishi va begonalanishi yuz beradi.
Muvofiqlikning turlari:
1.
Kishilarning g’oyaviy-ahloqiy birligi.
2.
Sotsial-psixologik muvofiqlik er-xotinning ma’lumoti, yoshi umumiy madaniy
saviyasidagi farqlar ko’pincha sotsial-psixologik nomufoqlikni keltirib chiqaradi.
Umumiy madaniyat darajasi shaxsning kamolot darajasi ahamiyatga egadir. Oila
asosiy vazifalarini amalga oshirshidagi hamjihatlik ham oiladagi sotsial-psixolgik
muvofiqlikka bog’liqdir.
3.
Psixologik va psixofiziologik muvofiqlik bu ko’pincha er xotinning xarakteri va
temperamenti bilan belgilanadi.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa hisoblanadi. Har bir oilaning ichki
huquqiy, iqtisodiy munosabatlariga xech kim behuda aralashishga haqli emas. Shu
sababdan oila muqaddas va daxlsiz hisblanadi. Ramzli qilib aytilganda, oila o’ziga xos
kichik bir muxtor davlatdir, lekin oila jamiyat tashqarisida emas, oilaviy munosabatlar
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy va ma’naviy munosabatlar bilan
belgilanadi. Ularning ta’sirida o’zgarib rivojlanib, takomillashib boraveradi. Oilaviy
munosabatlar jonli, o’zgaruvchan jarayondir. Oilada o’zaro axloqiy munosabatlarning
asosini er-xotinninng o’zaro ishonchi tashkil etadi. Beruniy, axloq-odob egasi bo’luvchi
inson eng avvalo o’zining yurish-turishi, muomala madniyatida, hayot kechirishida, oila
barqarorligida namuna bo’lish kerakligini o’qtiradi. O’zbekiston Respublikasi
Mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab oilani mustahkamlash, onalik-bolalikni
muhofaza qilinishi uchun tinmay qayg’urmoqda. O’zbekiston 1998 yil – ―Oila yili‖,
43
O’zbekiston Respublikasining ―Oila kodeksi‖ hamda 1999 yilni ―Ayollar yili‖ deb e’lon
qilinganligi bejiz emas.
O’zbekistonda har bir oila, har bir insonning turmush farovonligi, fuqarolar
totuvligini mustahkamlashga qaratilgan, ularni huquqiy muhofaza qilishga qaratilgan
jarayon amlaga oshirilmoqda. Har bir oila har bir mehnatkash tinch-totuvlik va to’kin-
sochin yashasa respublikamiz ozod va boy bo’ladi, gullab yashnaydi. Ota-onalar va
bolalar har taraflama jipslashgan oila birligini tashkil etadi. Ular o’rtasida juda yaxshi
oilaviy munosabatlar mavjuddir, bu shaxslar oilaning yadrosini ya’ni o’zagini tashkil
etadi.
O’zagining ijtimoiy mazmuniga qarab, oila 3 ta guruhdan tashkil topadi:
1.
Oilaning asosi – nikoh
2.
Nikohning natijasi sifatida er-xotin
3.
Er-xotin munosabatlari oqibatida farzand
Tipik oilaviy munosbatlardan tashqari bolali yolg’iz ona bilan uning bolasi
o’rtasidagi boshqa qarindoshlar o’rtaisdagi munosabatlar, ba’zi hollarda farzandlikka
olingan, tarbiyaga olinganlar o’rtasidagi munosabatlar ham oilaviy munosabatlarni
tashkil etadi.
Oilaviy huquqiy munosabatlar jamiyatning tarqalgan munosabatlaridir. Oilaviy
munosabatlar axloqiy normalar bilan tartibga solinadi.
Hozirgi zamon ―monogam‖ oilasi o’z navbatida tuzilishi, tarkibi, mohiyati va
boshqa xususiyatlariga ko’ra bir qator turlarga bo’linadi:
1.
To’liqligiga ko’ra: to’liq, noto’liq, qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar.
2.
Bo’g’inlar soniga ko’ra: nuklear (ota-ona va bollardan iborat) va ko’p bo’g’inli,
ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a’zolari birga yashovchi oilalar.
3.
Bolalar soniga ko’ra: farzandsiz, bir bolali, 2 bolali, 3-4 bolali va 5 dan ortiq
bolali oilalar.
4.
Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko’ra ishchilar dehqonlar xizmatchilar va
ziyolilar hamda aralash tipdagi oilalar.
5.
Er-xotinning ma’lumot saviyasiga ko’ra: oliy, o’rta maxsus, o’rta tugatilmagan,
o’rta maxsus, yordamchi maktab ma’lumotiga va turli saviyalardagi ma’lumotga
ega bo’lgan oilalar.
6.
Oilaning yoshiga ko’ra: yosh oila – 1 yilgacha, 3-5 yilgacha, 6-10 yilllik turmush
tajribasiga ega bo’lgan hamda o’rta va etuk oilalar.
7.
Qayliqlarning ota-ota oilasi, ya’ni ota-onasining moddiy ta’minlanganlik darajasi
mos kelishi yoki katta tafovutning mavjudligi.
8.
Regional jihatlarga ko’ra: shahar, kishloq va aralash tipdagi oilalar.
9.
Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga ko’ra: ajarlish saviyasida, quyi, o’rta va
nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila
10.
Oila yoki erkak etakchsiligiga ko’ra er etakchi bo’lgan yoki xotin etakchi bo’lgan
hamda er va xotin etakchiligidagi oila.
11.
Oilada er-xotin orasidagi munosabatlarga ko’ra: avtoritar, demokratik, liberal va
aralash tipdagi oila.
12.
Er-xotinlarning millatiga ko’ra bir millatli yoki baynalminal oilalar. Banalminal
oilalarni 2 ga bo’lish mumkin:
dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikoh, mas:
o’zbek-tojik, o’zbek-tatar
44
dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan millat vakillardan iborat nikoh:
o’zbek-rus, ukrain-nemis
13.
Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko’ra:
Sinovdagi oila – birga yashaydi, lekin nikohdan o’tmagan
Rasmiylashtirish arafasidagi nikoh
Nikohdagi oila
Nikohdan tashqari oila
Dostları ilə paylaş: |