Оила психологияси


-savol. Nikoh oila munosabatlarining evolyutsiyasi



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Оила психологияси

2-savol. Nikoh oila munosabatlarining evolyutsiyasi. 
2-savolning bayoni. 
Oilaviy munosabatlar ikki kishi er va xotin orasidagi hissiyotlarga asoslanib 
shakllanadi. Agar hissiyotlar ortda qolib, hayot muammolari ustun kelib, er o’zini 
tergovchi sifatida tutsa, xotini doimiy teros ostida ushlansa, yoki xotini doimo moddiy 
muammolar, boylik, ro’zg’or hisob-kitobini qilib erni doimo tergasa bir-birlariga 


36 
bo’lgan his-tuyg’u yo’qolib ketadi. Inson ba’zida o’ziga yaqin bo’lgan odamlarni 
tushunmaydi. A.Grin o’zining asarlaridan birida ―Bizning ichki dunyomiz qamdan-kam 
odamni qiziqtiradi‖, deydi. 
Er va xotin bir-birlarini juda yaxshi biladigan, tushunadigan – deb o’ylashadi. 
Aslida esa yaqin odamni ichki dunyosini ko’ra bilish uni tushunishni xohlashmaydi. Er 
va xotin turmush qurib, jismonan bir-biriga yaqinlashgani bilan qalban yaxshilik bu 
boshqa narsa. Bu yaqinlikka erishish uchun unga intilish, qiziqish va yaqin odami bilan 
doimo suhbatda bo’lish, suhbat orqali uni ichki dunyosiga kira olish kerak. Bu 
munosabatlar qiziquvchan, erkin va teng huquqli insonlar orasida paydo bo’ladi. 
V.A.Sisenko oilaviy munosabatlarni mustahkam yoki sustligini asosi er va xotin bir-
birlarini ko’nglini ola bilishidadir deb biladilar. Ularning bir-biriga bo’lgan mehrida, 
bir-birini hohlashida, tushunishida va oilada doimo yaxshi kayfiyat, kulgi bo’lishidadir. 
Munosabatlarni samimiyligiga va turmushning buzilishiga V.Satirning fikriga 
quyidagi qo’rquvlar sabab bo’ladi: 
1. Men hato qilib qo’yishim mumkin. 
2. Kimgadir qilig’im yoqmasligi mumkin. 
3. Kimdir ustimdan kuladi. 
4. Kimdir meni maqtanchoq deb o’ylaydi. 
5. U meni yomon deb o’ylaydi. 
6. Biror-bir aybim borligini bilib qolishadi. 
7. U meni tashlab ketadi. 
Ammo, kimki bu fikrlarni o’zidan chetlasa, erkin tutsa va o’z ustidan kulishidan 
qo’rqmasa, munosabatlar osonlashadi. 
Inson turmush qurishdan oldin bu hayotda o’zining dunyoqarashiga ega bo’ladi. U 
o’zi uchun aziz va qimmatli narsalarni belgilab qo’yadi, shuning uchun o’z yonida 
tushunadigan, uning g’ururiga tegmaydigan dunyoqarashi ustidan kulmaydigan, ta’na 
qilmaydigan ko’pincha chqin bir inson bo’lishini istaydi. 
U boshqa o’ziga yaqin insondan uni dunyoqarash, g’ururini, hayotdagi o’rnini, 
hurmat qilishini xohlaydi. Faqat shunday insongina turmush o’rtog’i bila olishi va 
shundagina mustahkam oila qurishi mumkin. 
Oilani mustahkamlovchi ikki muhim faktorni V.A.Sisenko belgilab beradi: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy ta’minlanganlik darajasi va vaqt ajratilishi. 
2. Ijtimoiy-psixologik faktlar oilaviy hayotdan mamnun bo’lish darajasi. 
Shu ikki faktor oilani mustahkam qilishda V.A.Sisenko asosiy shart deb biladi. Er-
xotinning bir-biridan uzoqlashishi yoki bir-birini tarbiyalashga urinish oilaviy 
munosabatlarni buzilishiga olib keladi. A.Kronik bir qator sabablarni ko’rsatib o’tadi. 
Ulardan: 
– boshqa odamlar hayotida aralashishi; 
– o’z qadrini bilmaslik (o’zini erga urish); 
– bir-birining jinsiga, xarakteriga to’g’ri kelmaslik. 
Lekin, eng yaxshi yo’l bu qiyinchiliklarni birga engish, er qoqilsa xotin tergovchi, 
xotin qoqilsa er tergovchi bo’lish oilani saqlashga olib keladi. 
A.N.Tolstoy ―Anna Karenina‖ romanida ―Hamma baxtli oilalar bir-biriga 
o’xshaydi‖ va har bir baxtsiz oila o’zicha baxtsiz degan so’zlar bilan boshlaydi. 
Bir ―Suf‖ rivoyati bo’yicha ―Bir qari it yosh itning o’z dushmanini tishlash bilan 
ovora bo’layotganini ko’rib – nima qilayapsan deb surabdi – Men hayot falsafasini 


37 
topdim, o’rganib chiqdim. Men hayotda itlar uchun eng yaxshi narsa, baxt ekanini 
tushundim. Mening baxtim esa dumimda, shuning uchun dumumni tutsam baxtim o’zim 
bilan bo’ladi debdi. Bunga javoban qari it – uka, men bu falsafa bilan oldindan 
tanishman. Men ham baxt bu eng yaxshi narsa va mening baxtim dumumda ekanini 
tushundim. Lekin men nima qilsam ham, qaerga borsam ham baxtim yonimda, dumum 
men bilan birga bo’lishini angladim va uning ketidan quvishni bas qildim, debdi‖. 
XXI asrda baxt uchun quvish yangi yo’nalish oldi. Odamlar baxt yonida yaiqnligini 
sezishmay qolishdi. 
Erkaklar bir yo’nalishda, xotinlar boshqa yo’nalishda baxt izlashadi. Ular to’xtab 
bir-birlariga e’tibor qilishga bir yo’nalishda harakat qilishga vaqtlari yo’q. 
A.A.Kronik va S.A.Kroniklar munosabatdagi hissiyotlarni saqlashda quyidagilarni 
taklif qiladi. 
1. Xotiralar oilaviy, birgalikda o’tkazilgan yaxshi munosabatlar o’tkazilgan yaxshi 
munosabatlar, yaxshi kunlarni asrash. 
2. Birgalikda o’tkazilgan yillarga, kunlarga, daqiqalarga ijodiy yondashish, hozirgi kun 
bilan yashash. 
3. Birgalikda kelajakka intilish, umumiy rejalar tuzish, shundagina birgalikdagi hayot 
qiziqarli, yorqin va mustahkam bo’ladi. 
Oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda qo’shimcha faktorlarga: 
1. Er-xotinning oilani saqlashga intilishi. 
2. Oilani mafaati yo’lida kelishib ish qilish. 
3. Oilaviy ishlarda tashabbus ko’rsatib, o’z hissasini ikkalasi ham baravar qo’llashi. 
4. Mavjud bo’lgan muammolarni oilani unutmagan holda u bilan birgalikda echish. 
5. Qiyin va og’ir kunlarda birga bo’lish bir-birini qo’llab quvvatlash. 
6. Er-xotin tashqi ko’rinishida estetik jozibalikni saqlash. Oilada o’zini tuta bilish. 
7. Oilada ishonch, quvonch, mehr-oqibat sharoitini yaratish kabi faktorlar kiradi. 
Ko’pchilik to’ydan oldin harakat qilib, qo’ngil olib, to’y o’tgandan so’ng bo’ldi. 
Endi maqsadga erishildi deb, harakatni susaytiradi. Lekin aksincha, hamma e’tibor 
harakat to’ydan keyin boshlanishi kerak, chunki arzimagan narsa, hattoki kiyimga, o’z 
ko’rinishiga e’tiborsizlik ko’ngil qolishiga olib keladi. To’ydan so’ng oilada umumiy 
qiziqishlar bo’lishiga harakat qilish kerak, bu oilani mustahkamlaydi. Fundamentni 
shakllantiradi. Bolalar oilani mustahkamlaydi, lekin umumiy ma’naviy qiziqishlar ham 
bo’lishi kerak. Oila baxtli bo’lishida turmush qurganlar bir-birlariga do’stona 
munosabatda bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, yoshlikda turmush qurib, yillar 
davomida ikki shaxs bir-biriga bog’lanib qoladi. Ular bir-birini tarbiyalaydi, bir-birini 
o’rganadi. 
Devid Berns oilaviy munosabatlarni salbiy rivojlanishida quyidagi sabablarni 
keltiradi. 
1. Bir-biriga qat’iyan qarama-qarshi fikr yuritishi (oq va qora). 
2. Hodisa va turmushdagi yuzaga keladigan voqealarni ko’pirib, yuzga solish (Har doim 
shunaqa qilasan, hech qachon bo’lmaydi). 
3. Turmush o’rtog’ini doimo tanqid qilish, uni kamchiliklarini yuziga solish. 
4. Hamma narsaga salbiy qarash tesari burish (bu ishing hech qachon yaxshi 
bo’lmaydi). 
5. Dunyoda bo’ladigan ishlarga his-tuyg’u bilan javob berish. 
6. So’z bilan ko’pirtirish (xohlayman, menga yoqadi, men qilishim kerak). 


38 
7. ―Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q‖. 
8. Boshqalarning qilig’iga tamg’a bosish (u o’zi shunaqa). 
9. Qo’lidan kelmagan narsalar uchun aybini o’ziga olish. 
Yuqoridagilarga xulosa qilib aytish kerakki, sevgi formulasi har kim uchun o’ziniki 
bo’ladi. Bu formulani har kim o’zicha tuzadi va shu formulaga asosan yashaydi. 
Bugungi kunda nikoh va oilada muhim o’zgarishlar yuz berayotganini rad etish 
qiyin. Bular keng roq ijtimoiy o’zgarishlarni o’zida ifodalaydi. 
Tadqiqotlarning guvohlik berishicha "baxtli oila" va "farovon turmush" ni 
ta’minlovchi muhim jihatlar to’g’risidagi o’spirinlar tasavvuri bilan oilalilar tasavvuri 
o’rtasida keskin farq mavjud. Bu holat ayniqsa oilaning ma’naviy va moddiy hayoti 
to’g’risidagi tasavvurlarda yorqin namoyon bo’ladi. Nikohdan keyingi hayot er-
xotinning o’z turmush tarzi va tajribalari yordamida o’zlarining baxtli oilalarini 
qurishga undaydi va bu ijtimoiy voqelikni ular real tushuna boshlaydilar. 
Baxtli oila masalalari bilan shug’ullangan etakchi sotsiolog va psixolog olimlar 
uning 11 ta eng muhim shart-sharoitlari mavjudligini aniqlaganlar: 
1. Er-xotinning o’zaro bir-birini tushunishi.
2. Alohida uy-joyning mavjudligi. 
3. Moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganlik.
4. Farzandlar. 
5. Nikoh mustahkamligiga ishonch. 
6. Oilada bo’sh vaqtni qiziqarli o’tkazish.
7. O’ziga yoqqan ish bilan ta’minlanganlik. 
8. Ma’lumotning mosligi.
9. Ish joyining qulayligi. 
10. Yaxshi do’stlarning mavjudligi.
11. Er-xotinning erkinligi. 
Tadqiqot tahlillariga ko’ra, qaysi bir oilada ana shunday imkoniyatlar mavjud 
bo’lsa, u oilani baxtli oila deyish mumkin, uning a’zolari esa baxtiyor va farovon 
turmush kechirayotganliklaridan darak beradi .
Tadqiqot tahlillariga ko’ra, yana shu narsa ma’lum bo’ldiki, oilada baxtli va 
farovon turmush vujudga kelishi uchun yuqorida keltirilgan shart-sharoitlar o’z 
ahamiyatiga ko’ra er bilan xotin uchun bir xil emas. Masalan, "Er-xotinning bir-birini 
tushunishi", "alohida uy-joyning mavjudligi", "moddiy yaxshi ta’minlanganlik", 
"farzandlar" va "qiziqarli ish" ahamiyatiga ko’ra, erda boshqacha, xotinda esa 
boshqacha baholangan. Er birinchi va ikkinchi o’ringa "alohida uy-joy bilan 
ta’minlanganlik" va "moddiy yaxshi ta’minlanganlikni", keyin boshqalarini qo’ysa, 
xotin esa birinchi va ikkinchi o’ringa "er-xotinning o’zaro bir-birini tushunish", 
"farzandlar" va so’ngra esa "alohida uy-joy", "moddiy yaxshi ta’minlanganlik" hamda 
"qiziqarli ish"ni qo’yadi. Bundan ko’rinib turibdiki, baxtli va farovon oila mazmunini 
ta’minlashning eng muhim tomoni hayot va faoliyatning zarur shart-sharoitlari va 
bolalar oila ittifoqi barqarorligining muhim mazmun-mohiyatini tashkil etadi. 
S.V.Kovalevning ta’kidlashicha, yoshlarda oilaviy hayot va turmush tarziga xos 
to’g’ri tasavvurlar etarli emasligi sababli turmush qurganlarida oila-nikoh 
munosabatlaridan qoniqmaslik holatlari ko’p uchraydi. Shuning uchun yoshlar o’sib 
ulg’ayadigan va o’qish joylarida ularni oilaviy hayotga, turmushga tayyorlash, ularda 
baxtli oila va farovon turmushni ta’minlaydigan zarur sifat va fazilatlarni shakllantirish, 


39 
ularni bo’lg’usi oila to’g’risidagi romantik, shirin xayollardan, har xil chalg’ishlardan 
qutqarish bilan bog’liq tarbiyaviy shart-sharoitlarni yaratish to’g’risidagi qimmatli 
maslahatlarni ilgari suradi . 
Oilaviy munosabatlar barqaror bo’ladi, qachonki: 
1. Maqsad, bolalar tarbiyasi bilan bog’langan bo’lsa; 
2. Maqsad, er-xotinning shaxs sifatida yanada rivojlanib borishini asoslasa; 
3. Maqsad, oila uchun zaruriy narsalarni, uyni shinam va orastaligini ta’minlashga 
qaratilgan bo’lsa. 
Ko’rinib turibdiki, oila barqarorligi-oila a’zolarining o’zaro hurmatga, sevgi-
muhabbatga, javobgarlik - burch hissiga va er-xotinning psixologik va jinsiy o’zaro 
mosligiga asoslangan juda murakkab, ko’p qirrali va ko’p darajali munosabatlari 
natijasidan iboratdir. 
Oilada shaxslararo munosabatlar madaniyatining shakllanganligi oila a’zolarining 
jamiyatda o’z o’rnini, qadrini topishga o’z istak va qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga 
imkoniyat yaratadi. Agar unda oilaviy munosabatlar etarli darajada shakllanmagan 
bo’lsa yoki shakllanmasa unda turli muammolar va nizolar shakllanadi. Oilada totuvlik 
yo’qoladi va unda noxush psixologik muhit hosil bo’ladi. Oila a’zolari jamiyatda ham 
o’z o’rinlarini topa olmaydilar. Eng muhimi shuki, bunday holat farzandlar kamolotiga 
ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin