Oila psixologiyasi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə20/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Oila psixologiyasi

5.Abu Ali ibn Sino (980 — 1037)


Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar singari matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, adabiyot, ta'lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali ibn Sino 980 -yili Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor oilasida tug’iladi. Uning to’la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husayn, otasining ismi Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko’chib o’tgach, u maktabda o’qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo’r, mehnatsevar edi. Undagi tug’ma qobiliyat, o’tkir zehn, kuchli xotira o’zaro birikib ketgandi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh hamda uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozaralari o’tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta'sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o’smirlik yillari o’tgan Buxoro shahri somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo’lib hisoblanardi. Buxoroda ko’plab maktab, madrasa, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bolgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarrni chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqhdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta'lim oladii Shundan so’ng o’zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug’ullana boshlaydi. U ayniqsa tjb ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta'lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Qamariy bo’ldi. So’ngra Ibn Sino falsafani o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Aristotel falsafa-sini, uning «Metafizika» asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi(IX asr oxiri - X asr boshlariga kelib, o’lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashdi. Shu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko’cbib o’tadi. Xorazmda u bir qancha olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Ma'mun akademiyasi»da ilmiy ish bilan shug’ullanadi. Xorazmda o’zining yirik asarlari - «Tib qonunlari», «Ash-shifo» kitoblari ustida ish olib boradi.
Mahmud G’aznaviy 1017-yili Xorazmni o’ziga qaram qilib olgach, nufuzli olimlarni ham o’z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino Mahmud G’aznaviy saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo'ladi..Gurganjda, Rayda, keyin esa Hamadonda va umrining so’nggi yillari Isfaxonda yashaydi. Ibn Sino 1037-yili vafot etdit
Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450dan ortiq asari qayd etilgan bolsa ham -zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi etib kelgan. .
Shu 242 asardan 80tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43tasi tabobatgaoid, 19tasi mantiqqa, 26tasi psixologiyaga, 23tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronoraiyaga, l tasi matematika, l tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan.
Abu Ali ibn Sinoning «A1-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at-tayr», «Risolat fi-l-ishq»(«Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma'no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma'nosi haqida»), «Risolat fi-daf al-g’am min al-mivt» («o’limdan keladigan g’amni daf qilish haqida risola»), «Risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob ash-ishorat va at-tanbihot» asarlari shular junilasidandir.
Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlaiini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan.
Abu Ali ibn Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni -ma'rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi u: «Ey, birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo'rqog’idir».
Zero, ma'rifatli kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo’ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk boimagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta'kidlaydi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o’z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta'lim metodlari haqidagi talimoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g’oya mayjud.
Ibn Sino bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash zarurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi, birga o’qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o’qitishga qarshi bolgan. Bolaning maktabda jamoa bo’lib o’qishining foydasi quyidagicha ifodalanadi:

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin