Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ataeva N., Rasulova F., Xasanov S. Umumiy pedagogika. 1-kitob - T.,2011
2. Ataeva N., Salayeva M., Xasanov S. Umumiy pedagogika. 2-kitob - T., 2013
3. Golovanova N.F. Obshaya Pedagogika. Uchebnoe Posobiye. - M., 2005
4. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. Darslik. - T., 2001
5. Pedagogika. (M.To’xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida). Darslik - T„ 2010
6. Podlasiy I. P. Pedagogika. V 3-x chastyax. Uchebnik. - M„ 2004
7. Pedagogika i psixologiya. /Pod red. A.A.Radugina - M„ 2003
8. Slastenin V.A. Obshaya Pedagogika. - M„ 2003
9. Selivanov V.A. Osnovi Obshey Pedagogiki. — M„ 2004.
3-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIMI TIZIMIDA MODERNIZATSIYA JARAYONLARI
Reja:
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi islohatlar
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
4. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi. Ta’lim turlari
Global o‘zgarishlar davrida ta’lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. CHunki hayot o‘zgarish sur’atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot soxalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo‘naltirilgan har xil g‘oya, qarashlar, uni targ‘ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi.
Ta’lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o‘rnida yangi, ya’ni hozirgi zamonda ta’lim-tarbiya soxasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikatsiya tizimi, pedagogik texnologiyalarni joriy etgan xolda ta’limni amalga oshirishga, ta’lim soxasiga yangi innovatsiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e’tibor berilmokda. Uning yutuqlarini esa dunyo e’tirof etmoqda.
Masalan, ta’lim sohasida innovatsiyalarni joriy etishga bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasini ikkinchi o‘rinni olganligi ham bunga dalildir.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun o‘y-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni yangi yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bug‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb alohida ta’kidladilar.
Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoev o‘zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar axvoli Tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratdilar.
Birinchi vazifa - maktabgacha ta’lim soxasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim soxadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu soxada bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.
Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda shlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli soxalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi. Ikkinchi vazifa - umumta’lim maktablari, litsey va kasb-xunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas.
Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari xali sifatli va to‘liq xolda echilgani yo‘q.
Yana bir muammoni xal etish ham o‘ta muhim xisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy- ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol kumak beradigan muhitni yaratish zarur.
Uchinchi vazifa - ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, jtimoiy soxa va har bir xududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.
To‘rtinchi vazifa - nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish. Bu o‘rinda ikkita asosiy vazifani xal etish zarur: birinchi - ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofik sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni xal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jaxon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini etkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda.
Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani xal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy tusik bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muxabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi
Uzluksiz ta’lim tizimining o‘rni va ahamiyati
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, etakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. SHunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun ta’lim olish emas, balki butun hayoti davomida uzluksiz ta’lim olish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Ba’zi bir manbalarga ko‘ra, ta’limning uzluksizligi to‘g‘risidagi ilk g‘oyalarni ba’zi bir G‘arb tadqiqotchilari hatto Suqrot, Aflotun, Aristotel va Senekanning insonning doimiy ravishda ma’naviy takomillashuvi haqidagi diniy-falsafiy tasavvurlarida va ilmiy asarlaridan hamda bunga o‘xshash g‘oyalarni muqaddas islom dinimizda ham uchratishimiz mumkin.
Uzluksiz ta’lim g‘oyasining paydo bo‘lishi o‘z navbatida, bir omondan
pedagogik konsepsiya sifatida, boshqa tomondan esa, amaliyotning natijasida paydo bo‘lgan. Umuman, bugungi kun tushunchasidagi kattalar ta’limi rivojlanishi XIX asrdagi sanoat inqilobi natijasida fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar oqibati bilan bog‘liq. “Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi birinchi marta YUNESKOning 1965 yildagi forumida taniqli nazariyotchi P. Langrand tomonidan o‘rtaga tashlanib sezilarli darajada nazariy va amaliy rezonansga sabab bo‘ldi va natijada o‘tgan asrning 60 yillari oxiriga kelib mazkur ibora ilmiy tahlilning maxsus predmetiga aylandi. Uzluksiz ta’limni xalqaro darajada o‘rganishning ustuvorliklari o‘z ichiga ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlovchi uzluksiz kasbiy ta’lim, qo‘shimcha ta’lim, kattalar ta’limi, aholining himoya qilinmagan qatlami ta’limini va iqtisodiy modellarni qamraydi.
Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishga sezilarli darajada hissa qo‘shgan MDH olimlaridan S.G.Vershlovsiy, N.V.Vasilenko, S.M. Vishnyakova, V.I.Ilina, O.M. Nikandrov, V.I. Podobeda va boshqalarning nomlarini keltirib o‘tish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda uzluksiz ta’lim borasida bir-biridan farqlanuvchi bir necha nuqtai nazarlarni uchratish mumkin. Ulardan eng ko‘p uchraydiganlari: “uzluksiz ta’lim-butun hayot davomida egallaydigan ta’lim”, “uzluksiz ta’lim - kattalar uchun ta’lim”, “uzluksiz ta’lim - bu uzluksiz kasbiy ta’lim” kabi iboralar qo‘llanilsa, jahon pedagogikasida uzluksiz ta’lim bir nechta atamalar bilan izohlanib ular ichida “davom etuvchi ta’lim”, “hayot davomida o‘qish”, “doimiy o‘qish” iboralari keng qo‘llaniladi. O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, davlat uchun uzluksiz ta’lim har bir shaxsning kasbiy va umumiy rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni ta’minlash borasidagi ijtimoiy siyosatning etakchi sohasi hisoblansa, jamiyat uchun esa, uzluksiz ta’lim ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning muhim sharti, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini tezlashtiruvchi hamda uning kasbiy va madaniy salohiyatini oshirib boruvchi mexanizm hisoblanadi. Jahon hamjamiyati uchun uzluksiz ta’lim xalqaro hamkorlik asosida milliy madaniyatlarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va o‘zaro boyitish usuli hisoblanadi.
Bu, eng avvalo, bilimlarni egallash va o‘rganib olishni talab etadi. YUNESKOning “Ta’lim – yashirin xazina” (“Learning: The Treasure Within”) deb nomlangan XXI asr uchun ta’lim bo‘yicha xalqaro komissiyasining ma’ruzasida ilmiy taraqqiyot hamda iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning yangi shakllari butun hayot davomida o‘qishni talab etayotgani alohida ta’kidlanadi.
Ma’ruzada butun hayot davomida ta’lim olish to‘rt ustunga tayanishi lozimligi ta’kidlanadi .
1. Bilishga o‘rganish. Bu shaxsning keng umumiy madaniyatini fanlarning cheklangan sohasida bilimlarni chuqur egallashni nazarda tutadi. SHaxsning umumiy madaniyati ta’lim olishni rag‘batlantiradi, uning bilimini muttasil oshirib borishga o‘rgatadi. Bu, shuningdek, uzluksiz ta’lim tug‘dirgan imkoniyatlardan foydalangan holda o‘qishni o‘rganishni ham ko‘zda tutadi.
2. Ishlashni o‘rganish. Har bir shaxs faqat kasb malakasini egallabgina qolmasdan, ayni paytda turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan birga ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo‘lishi kerak. SHuningdek, shaxs hayoti davomida duch keladigan turli ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhitida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ham o‘rganishi kerak.
3. Birgalikda yashashga o‘rganish. Umumiy loyihalarni amalga oshirish, hur fikrlilik, o‘zaro anglashuv, kelishish qadriyatlarini hurmat qilgan holda mojaroli vaziyatlarni hal qilishda bevosita ana shu fazilat asqotadi.
4. Yashashni o‘rganish. Bu o‘z shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrga ega bo‘lish, shaxsiy mas’uliyat demakdir. SHuning uchun ta’limda insonning ushbu fazilatlarini rivojlantiradigan barcha vositalardan: xotira, mushohada yurgizishga qodirlik, estetik did, jismoniy imkoniyatlar, aloqa qilishga qodirlik va hokazolardan samarali foydalanilishi lozim.
Umuman olganda, uzluksiz ta’lim shaxs va jamiyatning mos ehtiyojlari davlat va jamiyat institutlari va tashkiliy ta’minlovchi tizim orqali shaxsning butun hayoti davomidagi ta’lim (umumiy va kasbiy) salohiyatining o‘sish jarayoni bilan kechadi.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma’naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatinining teng huquqli sub’ekti va ajralmas bir qismi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, strategik rivojlanish, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik kuchli huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda.
Xalq ta’limi tizimi deb, muayyan mamlakatning ichki va tashqi kamolotiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi.
O‘zbekiston xalq ta’limi tizimi Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustivor sohasi hisoblanadi. Shuningdek, u ta’lim sohasidagi Davlat siyosatini, umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, madaniy va fan sohasidagi ko‘p asrlik an’analarini, jamiyatning istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda ish yurgizadi.
Xalq ta’limi tizimi Respublikamizning aql-zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol, erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasining 18- va 41-moddalarida ta’kidlaganidek, Respublikamizda yashovchi barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga ega. Shuningdek, bepul umumiy ta’lim olishi davlat tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning hamma turlari tekinligi, yoshlarga umumiy majburiy o‘rta ta’lim berishning amalga oshirilishi, o‘qitishni hayot bilan, unumli mehnat bilan bog‘lab olib borish, o‘quvchilarga va talabalarga Davlat stipendiyalari va imtiyozlar berish, maktab darsliklarini tekin berish (qisman), maktabda davlat tilida o‘qitish imkoniyatlarini yaratib berish bilan kafolatlanadi.
Mustaqillikka yerishganimizning dastlabki yillarida, ya’ni 1992 yil 2 iyulda Mustaqil O‘zbekistonning «Ta’lim to‘g‘risida»gi birinchi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun avvalo, ta’limda ilgari yerishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. Aniqrog‘i, eski tuzumdan yangisiga o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘tadi. Shu bilan birga ta’lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi. Oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlariga test tizimi joriy qilinishi, kasb-hunar bilim berishga e’tiborni kuchaytirilishi kabilar shular jumlasidandir.
Yangi davr talablariga javob beradigan, xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish zaruriyati paydo bo‘ldi va natijada 1997 yil 29 avgustda O‘zbekistonning yangi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ilgari qabul qilingan qonunlardan farqli o‘laroq, ta’lim ijtimoiy taraqiyot sohasida ustivor deb e’lon qilindi va xalq ta’limi tizimi tuzilishining quyidagi yangi qoidalari joriy qilindi:
Dostları ilə paylaş: |