Ta’lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi. Respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalarida dunyoviy bilimlar beriladi. U ilmiy asoslarga ega bo‘lib, fan, texnika, madaniyat va ma’rifatning eng yangi muvaffaqiyatlari va inson aql-zakovati haqida ilmiy bilimlar beriladi. Ular o‘quvchilarni ob’ektiv dunyoni bevosita bilish, ular haqida xaqqoniy fikrlash, tegishli xulosalar chiqarish, o‘zining jamiyatda tutgan o‘rni va vazifalarini aniqlab olishga, biron bir kasbni ongli egallashlariga yo‘naltirilgandir.
Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida shunday deyilgan: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir». 42-moddada: «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi» deyilgan.
Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv Bu prinsip o‘quvchilarning iste’dodi, qobiliyatini hisobga olgan holda tabaqalashtiradi (biror bir fanga chuqurlashtirilgan yoki ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan dastur). Olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar yosh avlodni ma’naviy boy, ruxan tetik, jismonan baquvvat, axloqan pok, tafakkuri keng va mehnatsevar bo‘lib voyaga etishi uchun barcha moddiy va ma’naviy sharoit hozirlaydi.
Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish Ta’lim-tarbiya muassasalarida ta’lim olayotgan bilimdon va iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlntirish ko‘zda tutilgan. Respublikamiz tajribasida bilimdon, iste’dodli o‘quvchilar uchun stipendiya, turli ko‘rinishdagi maqtov yorliqlari, moddiy yordam shakllari tashkil etilgan. O‘quvchilar turli tanlov, konkurslarga qatnashadilar va bilimlarini namoyish qiladilar. G‘oliblar taqdirlanadi va xatto oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz kirish, biror kasb bo‘yicha guvoxnomalarga ega bo‘lish huquqlariga egadirlar.