Oila psixologiyasi


Shahar maktablarining vujudga kelishi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə16/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Oila psixologiyasi

Shahar maktablarining vujudga kelishi. G’arbiy Yevropada XII— XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o’sishiga va shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Shaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar o’z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim berishni istar yedilar. Ular o’sha davrlarda cherkov maktablaridan qanoatlanmadilar. Hunarmandlar sexlarga uyushib, o’zlarining sex maktablarini ocha boshladilar, hunarmandlarning bolalari bunda o’qish, yozish, hisob va dindan saboq olar, uyga qaytgach otalaridan hunar o’rganar yedi. Gildiyalarga uyushgan savdogarlar ham o’zlarining gildiya maktablarini ochib bolalariga dastur asosida bilim bera boshladilar. Keyinroq sex va gildiya maktablari magistrat maktablariga, ya’ni shahar boshqarmasi (magistrat) harajatidagi maktablarga aylandi.
Bu maktablarning mudir va o’qituvchilari tegishli sex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlanardilar. Talim pullik bo’lgan ushbu maktablar cherkovga hisobot bermasdi.
Bir talay sex, gildiya va magistrat maktablarida o’qish lotin tilidan ona tiliga ko’chirildi.
Sex, gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G’arbiy Yevropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq yedi. Bunday maktablar asta-sekin rivojlanib XV asrga kelib butun G’arbiy Yevropada faoliyat yurita boshladi.
Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat yedi. XIII asrga kelib o’z-o’zini idora qilish huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov yesa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o’qituvchilik huquqini bera boshladi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o’quv muassasasiga aylandi. XIV-XV asrlarga kelib universitetlar Yevropa mamlkatlarining hammasida mayjud edi.
Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmuniqan qatiy-nazar, o’rta asr universitetlari Yevropa madaniyatining rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Zamonaviy Yevropa talim tizimining poydevori bo’lgan bu universitetlar ko’hna qitta mamlakatlarining demokratik rivojida ham o’z o’rniga yega.
«Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da».
«Ho’kizning ortin oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq»
«Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik».
«Odobning boshi – til»
«Ilon o’zining egriligini bilmay, tuyaning bo’ynini egri deydi»
«Ko’kka suzsa yuzga tushun».
«Bir qarg’a bilan qish kelmas».
«Keng to’n to’zimas, kengashli bilig artamas”.
«Kichikda qatiqlansa ulg’adu sevinur».
«Erdamsizdan qurt chertilur»
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari – pandno-ma asar sifatida.
«Qutadg’u bilig» - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasixat, ta’lim-tarbiyaga oid etuk didaktik asar, xar tomonlama etuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. «Qutadg’u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga rioya kilingan xolda tuzilgan.
Avval nasriy muqadddima, so’ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi beriladi. Dastlabki o’n bir fasli debocha bo’lib, xamda, na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lim maqsadi, o’n ikki burj, tilning axamiyati, muallifning uzri, ezgulik xaqida, bilim olishning axamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir.
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar. Asar o’n to’rt bobdan iborat. Dostonning dastlabki to’rt bobi an’anaga ko’ra muqaddima bo’lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlangan. Bu boblarda, asosan, bilimning axamiyati, jaxolatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va baxillik, kamtarlik hamda axloqlilikning eng muxim xususiyatlari tarannum etiladi.
Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol etishning asosiy belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning uchun adib asarda axlokiy tarkibiy kismi sanalgan tilni tiyish, mol dunyoga muxabbat qo’iishning oqibatlari, saxovat va baxillik, kamtarlik, jinoyat yo’lidan saklanish xaqida, xarom va xalollikning farzlari, ularni bir-biridan farklay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muxyam masalalar ustida fikr yuritadi.
Ulug’likka etsang unutma o’zing,
Agar atlas kiysang, unutma bo’zing.
Qora bosh yag’isi qizil til turur,
Necha bosh edi u, yana ham eyur.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’langan holda kamolga etkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko’zda tutilgan:
1. Bilim olish haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy etuklik haqida.
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan.
Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o’n xislatni har bir kishi o’zida tarkib toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o’zidan zo’r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o’rtasida o’tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do’st bo’lmaslik: yolg’onchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo’lmaslik; g’ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o’tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo’qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muxtoj bo’lgan odamni gina, qahr bilan qo’rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bo’lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o’z hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi.
Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Yer satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Al-Xorazmiy va uning hamkasbi Banu Muso Bag'dodda Baytul xikmadaolimlar bo’lganlar. Ularmavjud yunon ilmiy qo'lyozmalarini tarjima qilidilar,ularni o'rgandilar va algebra, geometriya, astronomiya oid asarlar yozdilar. Albatta, al-Xorazmiy Al-Ma'mun rahnamoligida ishlagan va xalifaga bag'ishlab ikki asar yozgan. Bu uning algebra haqidagi va astronomiya haqidagi risolalalari edi. al-Xorazmiy asarlari ichida eng mashhur va muxim ahamiyatga ega bolgani “Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”edi. Shu asar “algebra” tushunchasini yoritilgan eng birinchi kitob edi.
Didaktik qarashlari:
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarhan ibn Aalagh al-Forobiy tahminan hijriy 257(milodiy 870 yilda) tug’ilgan. U haqli ravishda hamma zamonlarda ham islom olamining buyuk faylasuflaridan biri sifatida tan olinadi.Al Forobiy falsafa, mantiq sohalarida izlanishlar olb borgan, shu bilan birga musiqa nazariyasiga oid Kitab al-musiqa al-kabir (Buyuk musiqa kitobi)ni yozgan. Biroq uning eng mashhur asari “Madina al-fadila” (Fozil odamlar shahri)ni gayriplaton yo’nalishi vakillari tomonidan Platon davlatchiligi bilan taqqoslaganlar. Farobiyning ko’p tomli asarlari “Baxtsaodatg aerishuv to’g’risida”, “Ixso – al - ulum”, “Ilmlarningkelibchiqishi”, “Aqlma’nolarito’g’risida”asarlarni o’z ichiga olgan.
Didaktik qarashlari: Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.
Pedagogik qarashlari:Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.
Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar.
Ilmiy-pedagogik qarashlari:Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi. Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir.
Abu Ali ibn Sinoning tarbiya ori ’lim haqida. Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.
Ibn Sinoning ikki eng muhim ishlari “Kitobush shifo” va “Tib qonunlari”hisoblanadi. “Kitobush shifo”da mantiq, tabiiy fanlar, psixologiya, geometriya, astronomiya, arifmetika va musiqa fanlari qamrab olingan ilmiy ensiklopediyadir. “Tib qonunlari” tibbiyot tarixidagi eng mashhurligi bilan yagona kitob hisoblanadi. U bu o’z asarlarini Hamadondayasahagan yillarida yoza boshlagandi.
Ibn Sino 450 ga yaqin asarlar yozgan ulardan 240 tasi bizgacha yetib kelgan. Ulardan 40 tasi tibbiyotgabag'ishlangan, 150 tasifalsafiy asarlar, Ibn Sino mazkur asarlari bilan ilmiy rivojlanishga katta hissa qo’shgan. U, shuningdek, psixologiya, geologiya, matematika, astronomiya, mantiq fanlariga oid asarlar yozdi. Uning eng muhim ish sifatida matematika bilan bog'liq bo'lib, shu bilan birga, uning ulkan qomusiy ishi, “Kitab al-Shifo”(shifolash Kitob)dir. Bu asarningchorak qismi matematikaga bag'ishlangan va ibn Sino qomusiy asarida astronomiya va musiqa haqida ma’lumotlarni o'z ichiga oladi. Aslida u matematikani geometriya, astronomiya, arifmetik va musiqa ichiga olgan to’rt qkismga bo'ladi. Geometriyani u geodeziya, statika, kinematika, gidrostatika va optika kabi qismlarga ajratadi; astronomiyani u astronomik va geografik jadvallar va taqvimlarga bo'ladi; U algebrani arifmetik va Hindcha qo'shish va ayirishga; musiqani u musiqa asboblari turlariga bo'ladi.
Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir.
U fanlar tavsifi xakida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini ko’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo’ladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruxga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’kitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik; 2) ta’limda engildan qiyinga ori shorkali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish.


Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat
Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta'sir etdi. Ana shu madaniy ko’tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o’rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uyg’onish davri deb ataldi. Bu Uyg’onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham mada-niy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi.
Xalifa Horun ar-Rashid va uning o’g’li al-Ma'mun davrida Bag’dodda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlik uyi») (hozir Akademiya ma'nosida) tashkil topadi. Mazkur Akademiya ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida kutubxonasi tashkil etadi. Akademiya 819-833 -yillari yanada rivojlangan. Akademiyada ikki rasadxona bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagibu ilm markazi, o’z navbatida, Sharq va g’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma'naviy hayotning rivojlanishiga ta'sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma'munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta'kidlash joiz.
Zero, xalifa al-Ma'mun ilm-fanni juda qadrlagan.U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Marvazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan. Al-Ma'mun xalifalik taxtiga o’tirgach u olimlarning barchasini Bag’dodga chaqirib oladi va «Bayt ul-hikma» - Donishmandlik uyi(«Ma'mun akademiyasi»)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi.
Qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining antik davrlar madaniyati bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qildi.
Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay qadimiy ilmiy an'ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bular barchasining bir-biriga qo’shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.
Yaqin va o’rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkaz va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta'sir etdi. Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab - feodal munosabatlarning yangi bosqichga ko’tarilgani bo’ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida Arab xalifaligiga bo’ysungan mamlakatlar xo’jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va natijada turli madaniyatlar – hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta'sir etib borishi katta ahamiyat kasb etdi. Haqiqatan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi.
Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaydi, ko’plab sug’oriladigan erlar ochildi, sug’orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, paxta, zig’ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to’qildi. Movarounnahrda, xususan, Xorazm, Urganch, Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo’lgan.
Qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik, sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yol ochdi. Natijada Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi.
Pireney yarimorolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovrupo uchun ahamiyati beqiyos boldi. Sharq faqatgina Ovrupo madaniyatining rivojiga ta'sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovrupolik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini, tarixiy jarayonni tubdan o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, xulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta'sir etdi.
X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo’lishi xalifalikning emirilishi hamda madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi.
Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar, albatta, madaniy hayotga o’z ta'sirini o’tkazmasdan qolmaydi.
Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilardi. Rasmiy hujjatlar arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilardi. X asr o’rtalariga kelib, fors tilida ham ish yuritila boshlandi.
Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o’qiganligi manbalarda keltiriladi.
O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan. Kitob do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy munozaralar o’tkazganlar.
Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan. Amir kutubxonasini o’sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar...
Saljuqiylar davrida Alp Arslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizomul mulk o’z davrining mashhur siyosiy arbobi va eng ma'rifatparvar kishilaridan bo’lgan.
Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan bo’lib, bu hokimyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o’zining «Siyosatnoma» asarini yaratadi (1091-1092-yillar). Bu asarda davlatni boshqarish prinsiplari bayon etiladi. Nizomul mulk maorifni rivojlantirishda katta xizmat qiladi. 1067-yili Bag’dodda o’zining shaxsiy jamg’armasiga o’sha davrning eng mashhur o’quv yurti- «Nizomiya» madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so’fiylarga katta G’tibor berib, g’amxo’rlik qiladi. Uning katta xizmatlaridan yana biri - uning davrida taqvimning isloh qilinganidir.
XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma'mun II o’z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Majlisi ulamo» - «Ma'mun akademiyasi» deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayh, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masihiy, tabib Abulxayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar. Lekin toj-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargohi o’z faoliyatini to’xtatib, olimlar tarqab ketadi.
Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma'naviy ko’tarilish Sharq Renessansi - Uyg’onish davrining boshlanishiga olib keldi.
Movarounnahrda ilm-fan va ma'rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta'limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e'tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boldi.
Sharq Uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta'lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida olmas ta'limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin