Oila psixologiyasi


Menejer–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etish. Spekter



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə68/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Oila psixologiyasi

Menejer–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etish.

  • Spekter–kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.

  • Assistent–mashg’ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo’llashga tayyorlash, mashg’ulot ishtirokchilariga yordam ko’rsatib turish.

  • Sekretar–zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, o’rnatilgan tartibda saqlash.

    • Texnolog–pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash bilan bog’liq masalalarni hal etib boradi.

    • Metodist-ta’lim-tarbiya metodlari bo’yicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi.

    • Koordinator-loyihalar, dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik, ularni amalga oshirishni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etish.

    • O’quvchilar – ta’lim oluvchilar.

    Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o’quvchilarning muloqot olib borish bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi, o’quvchilar orasida emostional aloqalar o’rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o’z o’rtoqlarining fikrini tinglashga o’rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
    Shu bilan birga, amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilarning asabiy zo’riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi.
    Interfaol metodlarni mashg’ulot maqsadiga muvofiq tanlash
    Interfaol mashg’ulot turlari ko’p bo’lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko’zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko’riladi. Interfaol mashg’ulotda ishtirok etish uchun o’quvchilarning tayyorliklariga o’ziga xos talablar qo’yiladi, bular mashg’ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o’zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o’zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o’z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko’nikmalari va boshqalardan iborat.
    Mashg’ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni to’g’ri tanlash, tayyorlash hamda mashg’ulot o’tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo’lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o’ziga xos farqlar mavjud bo’lib, har bir o’qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o’tkazish usullarini tanlashda to’g’ri hisobga olishi zarur.
    Bunda yangi bilimlarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo’llash mashg’ulotlarida hamda o’quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo’yicha mashg’ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to’g’ri tanlash nazarda tutiladi.
    To’g’ri tanlangan metodlarni qo’llash mashg’ulotning qiziqarli va samarali bo’lishini ta’minlaydi.
    Interfaol metodlar konstruktivizm nazariyasi bilan bog’liq bo’lib, bu metodlardan amalda foydalanishda konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:
    O’quvchi o’zi o’rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o’rgata olmaydi;
    O’qituvchi o’quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi;
    Bilim borliqdan ko’chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.



    Yüklə 1,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin