Oila psixologiyasi


-MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə74/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
Oila psixologiyasi

11-MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA
REJA:

  1. Pedagogik diagnostika asoslari.

  2. Pedagogik diagnostika metodlari va bosqichlari.

  3. Ta’lim oluvchilarning shaxsiy xususiyatlari aniqlash.

  4. Ta’lim olganlikni tashxis qilish.

Pedagoglar kasbiy mahoratining asosiy komponentlaridan biri o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri va samarali boshqara olishdir. Buning uchun pedagogning texnik va uslubiy bilimlami puxta egallagani yetarli emas. Pedagog o‘z ishi, faoliyati natijalarini tahlil qilishi, o‘quvchi-talabalarda qiyinchilik tug‘dirayotgan sabablami o‘z vaqtida aniqlashi, bu qiyinchiliklami o‘quvchi-talabaga individual yondoshish jarayonida bartaraf qila olishi lozim. O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishning bunday tarzda takomillashtinsh vosita va yo‘llaridan biri ilmiy jihatdan asoslangan psixologik-pedagogik diagnostikadir.


Diagnostika fanining asosiy maqsadi o‘quvchi-talabalar psixologiyasining turli sohalaridan psixologiya va pedagogikaga oid bilimlar berish, ayniqsa, shu fanlaming ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo‘llashga o‘rgatishdir. Shuning uchun mazkur kurs, asosan, amaliy xususiyatga ega boiish bilan birga nazariya bilan ham uyg‘unlashgan.
Masalan:
1. Ilmiy asoslangan diagnostik metodlarsiz bolalaming ta’lim muassasasiga tayyorligini bilish mumkin emas.
2. Pedagogik diagnostikasiz nvojlantiruvchi ta’lim samaradorligini kuzatib boimaydi.
3.Turli metodlaming nisbiy mahsuldorligini, o‘qitishning shakl va vositalarini baholash. a) diagnostik metodlarsiz o‘quvchi-talabalammg turli yosh davrlaridagi intellektual rivojlanganlik darajasini belgilash o ia mashaqqat;
b) o‘quvchi-talabalarga individual yondoshish uchun zarur boigan ularning individual xususiyatlari haqidagi ma’lumotlami to‘play olmaymiz. Bugungi kunda psixologik-pedagogik diagnostikaning o‘rni, ahamiyati qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi Individual yondoshish, o‘quvchi va talabalaming individual xususiyatlarini o‘rganish shart ekanligi bir qancha davlat hujjatlanda ham aks ettirilgan.
Pedagogik diagnostika pedagogika va psixologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o'quvchi-talaba shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillami o‘rganadi. Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ilg‘or ta’lim muassasalarida bu ish uslubiy muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. Shu asosda yutuqlar mustahkamlanib, yo‘l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategik yo'nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qoiga kiritilmoqda. Shu borada savol tug‘iladi. - bola qobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan ko‘nikmalarining o‘lchovi bormi - bolaning bilimi va ko‘nikmalarini belgilashga o‘qituvchi aralashgani ma’qulmi yoki o'ziga o‘zi baho bergani afzalroqmi? Ana shunday savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogik diagnostikaning predmetidir. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish yo‘l-yo'riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir.
Keyingi yillarda pedagogik diagnostika quyidagi funksiyalami o‘z ichiga olmoqda:
1. Analitik - ta’lim-tarbiya jarayonim olib borishda ta’limda yaratilgan sharoit va natijalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning sabablarini o ‘rganish.
2. O`z-o‘zini diagnostikalash - o‘quvchi-talabaning o‘zlashtirish darajasi, tarbiya topganligi va rivojlanish komponentini aniqlash.
3. Baholash - pedagogik jarayon qatnashchilari faoliyatidagi miqdor-sifat baho ko‘rsatkichlami bashorat qilish.
4. Korreksiyalash - o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan kamchiliklami minimum holatga keltirish.
5. Yo‘naltiriIganlik - yangi maqsadlami belgilashda o‘quv jarayonida yuz berishi mumkin bolgan kamchiliklaming oldini olish.
6. Axborotlashtirish - pedagogik jarayon qatnashchilarini doimiy ravishda qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlardan xabardor qilib borish.
Pedagogik diagnostika ta’limni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. U o‘quvtarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tahlil etadi, ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralami xolislik bilan belgilab beradi, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo`l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta’lim ob’ekti, ta’limiy tushunchalar qay darajada o‘zlashtirilganligi tahlil etiladi, o‘quv kursi va o‘quv dasturlarining o‘zlashtirish darajasi baholanadi. Egallangan malakani aniqlashga qaratilgan pedagogik diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari quyidagilar: 1) taqqoslash; 2) pedagogik tahlil; 3) avvaldan ayta bilish (prognoz); 4) interpritatsiya; 5) pedagogik diagnostika natijalarini o‘quvchi-talabalarga yetkazib berish; 6) amalga oshirilgan turli diagnostik metodlami o‘quvchi-talabalarga yetkazish; 7) pedagogik diagnostika metodlarini to‘g‘ri tanlay olish.
Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa; a) haqqoniylik (ob’ektivnost, ya’ni ob’ektivligi); b) ishonchlilik (nadejnost); v) puxtalik (validnost) ga asoslanadi. Diagnostik tahlillar quyidagi holatlarda ob‘ektiv bo‘ladi:
1. Agar: sinov natijalari turli tekshiruvlarda bir xil natijalar ko‘rsatsa, yoki ko‘rsatkichlar o ‘zaro bir-biriga yaqin bo‘lsa;
2. Agar: sinov mezonlari, o‘lchovlari birligi hamda uning natijalari sinovni amalga oshiruvchi, aniqlovchining shaxsi, xislati va munosabatlariga bog‘liq bo‘lmasa;
3. Agar: sinov bir xil talab, bir xil munosabat va psixologik kayfiyatda amalga oshirilsa, haqiqiy ahvolni aniqlashda ob‘ektiv natijalar olinishi mumkin. Pedagogik diagnostika natijalari qachon uzil-kesil tasdiqlanadi? Tajribalar tahlillan shuni ko'rsatadiki, pedagogik diagnostika test usullari vositasida amalga oshirilsa, natijalar haqqoniy bo`ladi., chunki bunda to‘rt xil xulosa bir xil natija bilan baholanadi. Bular, - mazmunning tasdig‘i; - har xil usul bilan olingan natijalaming bir xilligi; - natijalarga ko‘ra amalga oshirilgan tahlillaming isbotlanishi; - loyihalashning tasdiqlanishi, ya’ni loyihalashtirishdagi natijalaming olingan xulosalarga uyg‘unligi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin