Oila va oilada farzand tarbiyasi
Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi
Mahmudova Nigora Hikmatovna
Annotatsiya: Maqolada oila tarbiyasining asoslari, oilada bolalar tarbiyasi, oilaning jamiyatdagi ahamiyati haqida ilmiy asoslar keltirilgan. Shuningdek oilada tarbiyaning o’rni haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: oila, farzand, ota-ona, jamiyat, tarbiya
Family education
Abstract: The article presents the scientific basis of the basics of family upbringing, the upbringing of children in the family, the importance of the family in society. The role of education in the family was also discussed.
Keywords: family, child, parents, society, education
Ma’lumki, oila har bir jamiyatning boshlang'ich hujayrasi hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo’lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo'ladi. Aksincha, oilalarda parokandalik, buzg'unchilik bo'lsa, halol-haromning farqi qolmasa, o’sha jamiyat buziladi, tinchi yo’qoladi, oxir-oqibat u chuqur tanazzulga yuz tutadi.
Shuning uchun ham qadimdan har bir jamiyat oila masalasiga katta e’tibor berib, oilalarning mustahkam va baxtiyor bo’lishi uchun imkonida bor bo’lgan barcha chora va tadbirlarni ko’rib kelgan. Zotan, sof insoniy tabiat xuddi shunday bo’lishini taqozo qiladi.
Oila tarbiyasi - oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch - oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro‘sining yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda oila kattalari o‘rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini o‘matish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi o‘zgarishlami kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llab-quvvatlash talab etiladi.
Oila tarbiyasida obyektiv va subyektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila budjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog’lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar obyektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar subyektiv omillar sirasiga kiradi..
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari - jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.[3]
Oila tarbiyasining o’ziga xosligi, uning mohiyati, an’anaviyligi, milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar tizimida tutgan o’mi, ular bilan uzviy aloqadorligi, o’zaro ta’siri, oila muhitining barkamol avlod va komil insonni tarbiyalashdagi roli klassik va hozirgi zamon falsafiy tafakkur taraqqiyotida muhim o’rinni egallab turibdi. Mazkur masala bo’yicha jahon falsafasida g’oyat muhim va ibratli fikrlar mavjud bo’lgan.
Turkiy xalqlaming mushtarak yodgorligi “Avesto”, “O’rxunEnasoy bitiklari”da, islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda shuningdek, Aflotun, Arastu, Konfutsiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojibdan tortib hozirgizamon faylasuflarigacha o’ziga xos fikr-mulohazalar bildirgani diqqatga sazovordir.[4]
Zero, oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-onaning o’zaro munosabatidir.[5]
Oilaviy tartibotning tashqi ko’rinishi - o’zboshimchalik bilan ish tutish ham, g’azab ham, baqiriq-chaqiriq ham, iltijo ham yalinib-yolvorishlar ham emas, balki osoyishtalik, jiddiylik va ishbilarmonlik bilan qilingan farmoyishdan iborat bo’lmog’i kerak. Bunday farmoyish berish huquqi oila a’zolarining yoshi ulug’ vakili sifatida ayni sizga berilganligi xususida o’zingizda va na bolalaringizda hech bir shubha qolmasligi kerak.
Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o’rgatayotgan yoxud unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deya o’ylamang. Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So’zingiz ohangidagi zig’irdek o’zgarishni ham bola sezib yoki his etib turadi, fikringizdagi ozgina burilish ham ko’rinmas yo’llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o’zingiz sezmay qolasiz.
Ma’naviy merosimizdagi tarbiyaviy g’oyalar rivojiga bir nazar soladigan bo’lsak, qanchalik ma’naviy javohirlarga ega ekanligimizga ishonch hosil qilamiz. Ular tubsiz ummon, bitmas-tuganmas boylikdir. Har bir inson bu ummonga sho’ng’iganda o’zining fe’l-atvori, dunyoqarashi, bilim saviyasiva boshqa xususiyatlariga qarab ulush olib chiqishi muqarrardir.
Tabarruk manbalarimiz bo’lmish «Qur’on», «Hadislar»,ajdodlarimiz ma’naviy merosi hisoblangan «Qobusnoma», «Shohnoma», «Temurnoma», «Boburnoma», «Guliston», «Bo’ston», «Temur tuzuklari», «Qutadg’u bilig», «Mahbub-ul qulub» kabi durdona asarlami mutolaa qilgan har bir inson tarbiyaning inson shakllanishidagi munim omil ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Tarbiyaning murakkabligi haqida Amir Temur: «Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko’ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim» - desa, Abdulla Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida tarbiyaning ahamiyatiga: «Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo halokat; yo saodat, yo falokat masalasidir», - deb katta baho beradi, tarbiyani oiladan shakllantirib borish kerakligi, buning uchun ota- onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerakligi haqida uqtiradi.
Bolalarga biror narsani va’da qilgan bo’lsangiz va’daning ustidan chiqish kerak. Bola oldida obro’yingizni to’kmang. Chunki bolalar juda ishonuvchan va beg’ubor bo’ladilar.Sizning bergan va’dangizni sabrsizlik bilan kutadi. Vaqtni, daqiqalarni sanab o’tkazadilar. Intizorlik bilan kutgan vaqt kelganda “Dada, bugun bizni parkka olib borasizmi?”, desa-yu sizning bergan va’dangiz esingizdan chiqib ketgan bo’lsa, mulzam bo’lib qolasiz. Shunday hollar 4-5 marta qaytarilsa, bolaning sizga ishonchi pasayadi.
Tarbiyaning asosi oilada shakllanadi bolangizning sizga bo’lgan ishonchi yo’qoladi. Gapingizga ishonmay qo’yadi. Obro’yingiz ketadi. Shuning uchun o’zingizga ishonmasangiz va’da bermang. Uddasidan chiqa oladigan ishga va’da bering. Bo’lmasa, yaxshisi, bolaga va’da bemiaganingiz ma’qul. Aks holda bola ham katta bo’lganda odamlarga va’da berib, uni bajarmasa ham bo’lar ekan, degan xulosaga kelib qolishlari mumkin.
Farzandlaringizning hammasining tug’ilgan kunlarini bir xil mehr bilan ulami teng ko’rgan holda o’tkazishga harakat qiling. Birini ikkinchisidan kam ko’rmasligingiz lozim. Bolalaringizning tug’ilgan kunlarini oilaviy, sodda o’tkazishga o’rgating.
Farzandlaringizning tug’ilgan kunida oila a’zolaringizning ishdan yoki o’qishdan vaqtliroq kelishlariga odatlantiring. Oldindan kelishib, farzandingizni tug’ilgan kuni bilan tabriklash uchun unga yoqadigan eng kerakli biron-bir sovg’a xarid qiling. Yoki o’zi anchadan beri olib bering, deb yurgan narsasini olib bering. Dasturxonga yaxshi ko’radigan taomi, shirinliklari va mevalarini tayyorlang. Shu kuni tug’ilgan kuni nishonlanayotgan bolangizni kundalik ishlardan ozod qiling.
Qolgan farzandlaringiz barcha yumushlarda sizga yordam bersin. Oila a’zolarining hammasining tug’ilgan kunlarini shunday o’tkazishga ko’nikma hosil qilgan farzandalaringiz keyinchalik tug’ilgan kunlami o’zlari mustaqil ravishda o’tkazadigan bo’ladilar. Bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli bo’ladilar. Bolachaqali bo’lganlarida bir-birlarini yo’qlaydigan, bir-birlariga yordam beradigan bo’ladilar.
Bolani yoshligidan mehnatga o’rgatib boring. Inson birdaniga mehnatkash bo’lib qolmaydi. Siz buyurib ketgan ishlaringizni bolalaringiz baholu qudrat bajarib qo’yishibdi-mi, chala yoki kamchiligi bo’Isa ham, eng awalo, o’z xursandchiligingizni bildiring, ma’qul usullar bilan rag’batlantiring. Ishimni qo’limdan oladigan bo’lib qolibsizlar, deb maqtang. Dadasi yoki oyisi, xudoga shukur, o’g’il-qizlarimiz katta bo’lib qolishibdi.
Endi bemalol ularga ishonib ishlarimizni topshiraversak bo’lar ekan, deb bolalami o’zla-rining oldida ularga ishonch bildirib qo’ying. Ishlaridagi kamchiligini yotig’i bilan ulaming nafsoniyatiga tegmasdan, bafurja tushuntiring.
Farzandlaringizni iloji boricha mustaqil ishlashga, mustaqil fikr yuritishga o’rgating. Masalan, biior fandan sizdan yordam so’rasa, uni farzandingiz uchun ishlab bermang, faqat tushuntiring. Masalani mustaqil hal qilib bo’lgandan keyin
«Mana o'zing bemalol yechsang bo'lar ekan-ku», - deb ko'nglini ko'tarib qo’ying. Ana shunda farzandingizda o’ziga ishonch hosil bo’la boradi.
Farzandlaringizni uy ishlariga o’rgatib boring. Yoshiga qarab qo’lidan keladigan ishlami buyurib turing. Mazangiz bo’lmay qoldi, deylik. Bolalaringizning yoshiga qarab uy ishlarini taqsimlab bering. Sizning holingizdan xabar olib turishsin. O’zingiz o’rgatgan qo’lidan keladigan ovqatni qilishsin.
Buyurgan ishlaringizni o’zlari rejalab, o’zlari mustaqil ravishda qilishsin. Kichkinangiz bo’lsa, uning boshingizni silab qo’yishini ayting. So’ngra ancha yengil tortganligingizni ayting. Sizning sog’ayishingizga uning ham hissasi qo’shilayotganidan bolangiz nihoyatda xursand bo’ladi. Sizga nisbatan mehri ortib boradi. Sizning ham uning yordamiga, mehriga muhtoj ekanligingizni his etadi.
Ota-onaga, qaynona-qaynotaga bo’lgan mehmi ham ota-ona tarbiyalaydi. Aytaylik bugun siz biror narsa xarid qilib keldingiz. Siz bu narsalami ochib, bolalaringizga biror idish olib kelishlarini ayting va ulardan oldin ota-onangizga solib beringda, buving bilan buvangga olib borib ber, deng. Ota-onangiz buni ko’rib bolalaringizni duo qiladi. Bolalaringiz esa bundan boshi osmonga yetadi. Buva-buvisiga yana mehribonlik qilgisi keladi. Bolalaringizga, shu bahonada, duo olish - bu o’sishing uchun kerak, u tabarruk narsa, inson qo’lidan kelgancha boshqalarga yaxshilik qilib borishi kerakligini uqtiring. Shu yo’sinda tarbiyalangan farzandingiz qariganingizda siz qilgan ishingizni qaytaradi. Chunki unga bunday tarbiyani yoshligidan singdirgansiz. Farzandlaringiz endi buva-buvilaming duosini duru javohirlarga, hech qanday boylikka tenglashtirib bo’lmasligini tushunib boradi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, asrlar davomida shakllangan insoniy qadriyatlardan bir bo’lgan, oilani va uning tarbiyasi asoslarini, jamiyatni tutib turuvchi kuchlardan biri sifatida baholay olamiz. Har bir oilada esa o’ziga xos tarbiyaviy va milliy mentaketetga asoslangan yuksak ananalar shakllangan. Ammo ba’zi oilalarda muammolar vujudga kelishining asosiy sababi, oila tarbiyasidagi xato va kamchiliklar tufayli yuzaga keladi. Bunday xato va kamchiliklardan xalos bo’lish uchun oila pedagogikasi va psixologiyasini har bir inson o’rganib chiqishi foydadan holi bo’lmaydi. Oila tarbiyasi asrlash osha sayqallanib kelgan kuchliy ananalarga tarixiy va ijtimoiy jihatdan mustahkam bilim asosida vujudga keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdulla Avloniy, Turkiy guliston yoxud axloq, T., 1992;
I. Alqarov, R.MamatquIova, X.Norqulov. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogiicasi. -T.: «Fan va texnologiya», 2009, 224 6em.
N. R. G‘aybullayev va boshqa, Pedagogika, T., 1999.
Tursunova Zarina Ne’matovna. (2023). Boshlang’ich Sinflarda Ot So’z Turkumini Izchillikda O’rgatish Metodikasi. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 389–391.
Dostları ilə paylaş: |