Oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirsh-fayllar.org
Javoblar: 15-30 ball: sizni yaxshi ota-ona deyish mumkin. Siz ota-onalik burchingizni kerakli darajada bajaryapsiz. Bunga farzandingizga beradigan ta-lim-tarbiyadan ham bilsa bo’ladi. Ammo farzandingizning qiziqishlari va qobiliyatlariga ko’proq e-tibor berishingiz kerak.
7-14 ball: farzand tarbiyasida deyarli kamchiliklarga yo’l qo’ymaysiz, lekin ko’pincha boshqa yumushlar tufayli farzandingizga keraklicha e’tibor berolmay qolasiz. Bu kamchilikni to’g’rilash uchun kelayotgan dam olish kunini farzandingizga bag’ishlang. U bilan biror yerga boring. Natijasi ijobiy bo’lishiga shubha qilmasangiz ham bo’ladi.
0-6 ball: farzand tarbiyasi haqida tushunchaga umuman ega emassiz. Hechdan ko’ra kech, deganlaridek bu boradagi bilim va malakangizni oshirishga harakat qiling.
20 nafar yosh ota-onalar bilan olib borilgan psixologik testlar yordamida ularni farzand tarbiyasiga qanchalik ma’suliyat bilan yondoshishlarini aniqlab oldik ham desak bo’ladi. Psixologik testlarning natijasi qo’yidagicha bo’ldi: Agar biz 25 nafar yosh ota-onalarni 100% deb olib qaraydigan bo’lsak ulardan 60 % 0-6 ballni to’pladi, 30% 7-14 ballni to’pladi, 10 % gina 15-30 ballni to’pladi.
Yosh ota-onalarga bola tarbiyasi, ota-onaning farzand oldidagi burchlari kabi tushunchalarni tarkib toptirish va ularda ota-onalik ma’suliyatini yanada oshirish maqsadida “Qush uyasida ko’rganini qiladi”, “Bola boshidan” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazildi. Tarbiyaviy tadbirda oilalarda axloqiy munosabatlarni shakllanishi, o’zbek oilasiga xos bo’lgan xususiyatlar, milliylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analarning hamda urf-odatlarning bola tarbiyasidagi o’rni ochib berildi.
O’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar hamda yosh ota-onalarga berilgan pedagogik bilimlardan so’ng o’tkazilgan tajriba ishlarini natijasini bilish maqsadida 15 nafar yosh ota-onalardan psixologik test oldik.
Tajriba boshida olib borgan psixologik testdan farqli o’laroq keyingi olgan test natijalarini hisobga olgan holda yaxshi natijaga erishdik deb aytsak bo’ladi. Olingan test natijalari qo’yidagicha: Agar biz 15 nafar yosh ota-onalarni 100% deb olib qaraydigan bo’lsak ulardan 65 % 15-30 ballni to’pladi, 25% 7-14 ballni to’pladi, 10 % 0-6 ballni to’pladi.
Bundan tashqari Payariq tumani Tomoyrot mahallasi, 2-maktabning 9-sinf o’quvchilari, Tomoyrot qishlog’ida istiqomat qilayotgan oilalar va Tomoyrot mahallasi fuqorolar yig’ini faollari bilan oilalarda, mahallarda axloqiy munosabatlar shakllanganlik darajasini, shakllantirish darajasini o’rganish maqsadida qo’yidagi mazmunda so’rovnomalar olib bordik.