Bundan tashqari yosh ota-onalar bilan “Farzandim jigarbandim” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazdik. Shundan so’ng esa “Siz qanday ota-onasiz?” nomli psixologik testlar olib bordik: ()
1. Bola tarbiyasiga oid ko’rsatuv va eshittirishlarni muntazam ravishda ko’rib borasizmi?
a) ha-3 ball;
b) ba’zida- 1 ball;
c) yo’q – 0 ball.
2. Farzandingiz nojuya ish qilib qo’ysa, bu siz tomoningizdan berilayotgan tarbiyaning kamchiligidan deb o’ylaysizmi?
a) ha – 1 ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0 ball.
3. Farzandingiz sizga yordamlashmoqchi bo’lsa, ishingiz cho’zilishi yoki umuman to’xtab qolishi mumkinligini bilsangiz ham rozi bo’lasizmi?
a) ha – 1ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0ball.
4. Taqiq va bo’yruqni haqiqatdan ham zarur paytda qo’llaysizmi?
a) ha – 1 ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0 ball.
5. Ta’lim-tarbiya bilan muntazam ravishda shug’ullanishni pedagogic tamoyillardan biri deb hisoblaysizmi?
a) ha – 1 ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0 ball.
6. Farzand tarbiyasiga atrof-muhitning ta’siri kuchli bo’lishi mumkin, deb o’ylaysizmi?
a) ha – 1 ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0 ball.
7. Jismoniy tarbiya va sport yetakchi rol o’ynashi mumkin, deb o’ylaysizmi?
a) ha – 1 ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0 ball.
8. Bolangizdan biron narsani bo’yruq bermasdan,iltimos qilib so’ray olasizmi?
a) ha – 1 ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0 ball.
9. “Hozir vaqtim yo’q” yoki “Ishimni qilib bo’lgunimcha to’xtab tur” deganingizda bolangiz oldida vijdoningiz qiynaladimi?
a) ha – 1 ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0 ball.
10. Eringiz (xotiningiz) bilan tarbiya uslublaringiz to’g’ri keladimi?
a) ha – 1 ball;
b) ba’zida – 3 ball;
c) yo’q – 0 ball.