T A Q R I Z
O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlarda belgilangan vazifalarni yechishga qaratilgan bo’lib mustaqillik sharoitida yosh avlodni har tamonlama barkamol qilib tarbiyalash, yetuk va malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan bo’lib, ilmiy pedagogik ahamiyatga egadir.
Mazkur bitiruv ishi kirish, 2 bob, 5 band, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, predmeti, maqsad, vazifalari, ilmiy farazi, amaliy ahamiyati, metodologik asosi, tadqiqot metodlari bayon etilgan.
Birinchi bobi nazariy qismdan iborat bo’lib, oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirishning ilmiy–nazariy asoslari o’z ifodasini topgan, tadqiqotchi oilalarda axloqiy munosabatlarni yo’lga qo’yilishi, farzand tarbiyasining asosiy mazmuni, tarkibi va umumiy xususiyatlari, allomalarimning farzand tarbiyasi va oilalrda axloqiy munosabatlarning yo’lga qo’yilishi borasidagi qarashlari va olimlarning tadqiqotlarini o’rganib chiqib, o’z fikrini bayon etgan.
Malakaviy bitiruv ishining ikkinchi bobidaoilada axloqiy munosabatlarni yo’lga qo’yish va unda oilaviy an’analarning amaliy ahamiyati va ularning amaliy shakl, metodlari, vositalari va ularni imkoniyatlari o’z ifodasini topgan. Turli vosita va amaliy yo’llari, oilalar bilan olib borilgan tadqiqotlar, testlar va ularning natijalari ko’rsatib bergan. Talaba ayrim orfografik xatolarga ahamiyat berganida yaxshiroq bo’lar edi.
Shunga qaramay ish adabiy tilga barcha ota-onalarga, pedagoglarga va bo’lajak ota-onalarga bevosita yordam berishi mumkin.
Malakaviy bitiruv ishi barcha talablarga javob beradi YaDAK himoyasida ijobiy
( ) baholashga tavsiya etaman.
Taqrizchi: dotsenti Abdukarimov X
GULISTON Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti «Pedagogika-psixologiya» yo’nalishi kunduzgi bo`lim 25-13 -guruh talabasi Ibroximov Komiljonning «Oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirish » mavzusidagi malakaviy bitiruv ishiga
MULOHAZA
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgandan keyingi 24 yil davomida huquqiy, demokratik jamiyat qurish yo’lidan bormoqda. Bu jamiyatni qurish avvalambor yoshlarni har tamonlama barkamol bo’lishlarini talab etadi. Jamiyat a’zolari qanchalik ma’naviy boy, aqliy, jismonan sog’lom shakllangan bo’lsa, ijtimoiy muhitimiz shunchalik taraqqiy etib, insoniyatning ma’naviy ehtiyojlarini qondirib boradi. Bunday ijtimoiy buyurtma esa avvalambor oilaga, ota-onaga yuklatiladi. Shu jihatdan Raimova Dilnozaning «Oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirish» mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi ushbu masalani yechishda ijtimoiy pedagogik ahamiyat kasb etadi.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, predmeti, maqsadi, vazifalari, ilmiy farazi, amaliy ahamiyati, tadqiqot metodlari, sinov-tajriba maydoni, ishning qisqa tavsifi ochib berilgan. Olingan natijalar tahlil etilgan.
Olib borilgan ishlar mazmunidan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, malakaviy bitiruv ishi talablariga to’la javob beradi. Ish mazmunidan yosh ota-onalar, talabalar, maktab o’qituvchilari hamda tarbiyachilar foydalanishlari mumkin va malakaviy bitiruv ishini himoyaga tavsiya etaman.
Dostları ilə paylaş: |