Bola o'qishni, tarbiya olishni ulg'ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga, bola o'zini o'zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim.
Tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat hamda o'zaro ta'sir ko'rsatish usullaridir.
oila jamiyat va davlat muhofazasida;
oila jamiyat va davlat muhofazasida;
Oilali bo’lib yashash, bola-chaqa qilish barcha fuqarolar – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida teng;
ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;
faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish;
ixtiyoriy va erkin nikoh;
davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;
davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qiladi;
bolalarni milliy istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash va boshqalardir.
Oilaviy tarbiyaning huquqiy asoslari.
Ota-onalar qo’mitasi quyidagi vazifalarni bajaradilar:
1. Maktab ota-onalar qo’mitasi pedagogik kengashida qatnashib, maktabdagi muammolarni hal qilishda faol ishtirok etib, kerakli maslahatlarni beradi.
2. Maktab uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlarni hozirlashda mahalla, jamoatchilik va otaliq tashkilotlardan boshlab to respublika rahbarlarigacha iltimos bilan murojaat qilishga haqlidir.
3. Ota-onalar qo’mitasi maktabdagi ichki tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida uni maktab ma'muriyati bilan hamkorlikda muhokama qilishi mumkin.
4. Har bir ota-onani o’z farzandining xatti-harakati uchun maktabda, mahalla va jamoatchilik oldida, otaliq tashkiloti oldida muhokama qilishga, mahalladagi barcha ota-onalarni pedagogik bilimlarga jalb qilishga haqlidir.
5. Ota-onalar qo’mitasi o’z uchastkasidagi ota-onani, o’qituvchini o’z faoliyatiga va o’z tarbiyasiga olish huquqiga egadir.
6. Ota-onalar orasidagi yoki ota-onalar bilan o’qituvchi orasidagi barcha nizolarni bartaraf etish va hal qilish huquqiga egadir.
7. Ota-onalar qo’mitasi mahalladagi o’quvchilarning va tarbiyachilarning salomatligi uchun qayg’urishi shart.