Oila a’zolarining joylashishi Rasmda oila a’zolarining joylashishi oiladagi o’zaro munosa-ba glarning psixologik xususiyatlaridai darak berishi mumkin.
Oilaning jipsligi, oila a’zolari bir-birlari bilan qul ushlashib turishi, umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik xarakteristikali rasmlar emotsional aloqalarning past darajasidan dalolat beradi.
Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o’zini alohida ajratib qo’ysa, bu uning ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a’zolaridan birortasi alohida qilib chizilsa, bolaning unga nisbatan negativ munosabati, undan bolaga kelayotgan xavf haqida taxmin qilish mumkin.
Rasmda oila a’zolarini guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi.
Chizilgan figuralar xususiyatlari tahlili Oila a’zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a’zosiga nisbatan emotsional munosabatini, bola uni qanday idrok etishi, bolaning « Men-obrazi», uning jinsiy identifikatsiyasi kabi keng qamrovli ma’lumotlar beripgi mumkin Bolaning oila a’zolariga emotsional munosabatini baholashda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:
1) tana detallari miqdori: boga, soch, quloqlar, ko’zlar, ko’z qorachigi, kipriklar, qosh, burun, yuz, ogiz.bo’yin, elka, qo’llar, kaft, barmoqlar, oyoq, tovonning mavjudligi;
2) kiyim detallari va bezaklar: bosh kiyimi, yoqa, galstuk, bant, cho’ntak, kamar, tugmacha, soch turmak elemontlari, kiyimning murakkabligi, bezaklar;
3) figurani chizishda qullanilgan ranglar miqdori.
Odatda insonga ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda (pozitiv) ijobiy kontsentratsiyada namoyon buladi, ya'ni tana detallarining miqdori, kiyim detallari va bezaklari hamda turli ranglar qo’llani lishida ifodalanadi. Va aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba’zida tananing muhim qismlari (bosh, oyoq, qo’l) tushib qoldirilishida ham aks etadi. Odatda, bolalar ota yoki onasini ko’rinishini kattalashtirib chizishadi. Bu haqikatga yaqin. Ba’zida esa chizilgan figurani munosabati oila a’zolari real munosabatlariga mos kelmaydi, masalan, 7 yoshli bola o’z ota-onalaridan balandroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola uchun figuraning kattaligi kuch, ustunlik, ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo’lib xizmat qilishidan dalolat beradi.
Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu oilada ona avtoritar rahbar bo’lib, dominantlik qiladi.
Ba’zi bolalar o’zlarini hammadan katta yoki ota-onalari bilan teng qilib chizadilar. Bu esa bir tomondan, bola egotsentrizmidan, ikkiichi tomondan qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga «raqobatchi» ekanligini ta’kidlash maqsadida qilinadi. Shu bilan birga «raqibini» kichraytirish eki umuman chizmaslik hollari ham uchrashi mumkin.
O’zlarini ahamiyatsiz ortiqcha deb his qiluvchi hamda ota - onalari tomonidan mehribonchilik, gamxo’rlik talab qiluvchi bolalar o’zlarini boshqa oila a’zolariga nisbatan ancha kichik hajmda tasvirlaydilar.SHuningdek, imgulsivuziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o’zlarini juda katta, hatto butun daraxg xajmida tasvirlasalar, xavotirlanish himoyasizlik hissi mavjud bolalar o’zlarini haddan tashqari kichik qilib chizadilar.
Oila azolari xususiyatlarini tahlil qilishda tananing alohida qismlari tasviriga alohida etibor berish lozim. Chunki, tananing alohida qismlari muayyan faollik sohasi bilan boglangan bulib muloqat. nazorat, xavotirlanish vositasi bulib xizmat qiladi.
Qo’llar dunyoga ta’sir etish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo’llarini baland ko’targan holda tasvirlagan bo’lsa, barmoqlari uzun bo’lsa, bu ko’pincha uning agressiv istaklari bilan boglangan bo’ladi. Ba’zida tashqi ko’rinishdan yovvoyi ko’ringan bolalar ham shunday rasm chizadilar. Bunday bolalar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his qiladilar, ammo uning agressiv xulq-atvori bosilgan. Bu shuningdek, o’z zaifligini kompensatsiya qilish, kuchli bo’lish istagi, hokimlik xohishidan ham darak berishi mumkip. Agar bola «agressiv» qo’llar bilan bir qatorda keng elka va shunga o’xshash mardlik va kuch atributlari, timsollarini tasvirlasa, bu tavsif yanada ishonchli bo’ladi.
Ba’zida bola barcha oila a’zolariga qo’l chizadi, o’ziga esa chizishni «unutadi». Agar bunda bola o’zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa bu kuchsizlik, oiladagi o’zini ng ahamiyatsizligi, atrofdagilar uni haddan ziyod nazorat qilishi, uning faolligini bo’lishi hisidan darak beradi.
Bosh - «men» lokalizatsiyasi, intellektual va iertseptiv faoliyat markazi.
Yuz – tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi. 3 yoshdan boshlab, bolalar albatta bosh hamda tananing ba’zi qismlarini chiza boshlaydilar.
Agar 5 yoshdan oshgan bolalar (normal intellektli) rasmda tana qismlari - ko’z, og’izni tushirib qoldirsalar, bu muloqat sohasidagi jiddiy buzilishlardan dalolat beradi.
Agar boshqa oila a’zolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangap shaxs bilan nizoli munosabatlar mavjudligini kursatadi.
Qizlar o’gil bolalarga nisbatan yuzni ifodalashga ko’proq e’tibor beradilar ular ko’proq detallarni aks ettiradilar (jinsiy identifikatsiya)
Tish va og’izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolalarga xos. Agar bola o’zini emas, oila a’zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko’pincha, bu odamning bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo’rquv hissi bilan bog’langan bo’ladi.
Shunday qonuniyat mavjudki, yoshi kattalashgan sari bola tasvirlayotgan odami rasmi yangi detallar bilan boyib boradi. Agar 3.5 yoshli bolalar bosh va oyoq bilan chegaransalar, 7 yoigda tana sxomasi boy, unda detallar ko’p bo’ladi.