Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari nazariy asoslar


Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib ularga nafas olish, oksidlanish, fotosintez kabi reaksiyalarni olish mumkin



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/4
tarix15.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#113644
1   2   3   4
ELMURATOVA DILOROM

Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib ularga nafas olish, oksidlanish, fotosintez kabi reaksiyalarni olish mumkin.

  • Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib ularga nafas olish, oksidlanish, fotosintez kabi reaksiyalarni olish mumkin.
  • Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikkiga bo’lish mumkin. Birinchi hil reaksiyalarda jarayonda ishtirok etayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmay qoladi. Masalan, neytrallanish reaksiyasi, almashishish, ba’zi parchalanish va birikish reaksiyalarini olish mumkin:
  • HCl+NaOH=NaCl+H2O MgCO3=MgO+CO2
  • CaCl2+K2CO3=2KCl+CaCO3↓ SO3+H2O=H2SO4
  • Ikkinchi hil reaksiyalarda bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradi:
  • 0 +1 -1 +2 -1 0
  • Zn+2HCl= ZnCl2 + H2
  • 0 +6 +2 +6 +4
  • Cu + H2SO4 = CuSO4-2 + SO2 + H2O
  • Yuqoridagi misollarda (neytrallanish, almashinish, parchalanish) elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmagan edi. Ikkinchi hil reaksiyalarda bo’lsa elementlarning oksidlanish darajasi, masalan Zno dan Zn+2 ga o’zgardi. Cuo dan +2 ga, oltingugurt bo’lsa +6 dan +4 ga o’zgardi.
  • Elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalarga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
  • Oksidlanish darajasi atomning molekuladagi shartli zaryadi bo’lib, u molekula hosil qilishda atom nechta elektron bergani yoki olganini ko’rsatadi. Oksidlanish darajasi umumlashgan elektron juftning elektomanfiyligi kattaroq element atomi tomon siljishi tufayli vujudga keladi. Elektron juftni o’z tomoniga siljitgan element atomi manfiy oksidlanish darajasiga, o’zining elektron juftini berayotgan element atomi esa musbat oksidlanish darajasiga ega bo’ladi. Oksidlanish darajasi musbat, manfiy yoki nolga teng bo’lishi mumkin. Ba’zan kasr oksidlanish darajasiga ega bo’lgan elementlar xam uchraydi.

Barcha oddiy moddalar uchun oksidlanish darajasi nolga teng. P0, Cl20, H20, C0, Al0, Cr0 va hokazo.

  • Barcha oddiy moddalar uchun oksidlanish darajasi nolga teng. P0, Cl20, H20, C0, Al0, Cr0 va hokazo.
  • Vodorodni birikmalardagi oksidlanish darajasi +1 ga teng. Faqat metal gidridlarida vodorodni oksidlanish darajasi -1 ga teng (K+1H-1,
  • Ca+2H-12, Al+3H3-1).
  • Kislorodning oksidlanish darajasi ko’pchilik birikmalarda -2 bo’ladi: H2O-2, PbO2-2, HNO3-2, KMnO4-2 va xokazo. Faqat peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi -1 ga teng: H2O2-1, Na2O2-1, BaO2-1 va boshqalar. Faqat birgina birikma, u xam bo’lsa OF2 da kislorodning oksidlanish darajasi +2 ga teng bo’ladi.
  • Metallarning oksidlanish darajasi xar doim musbat va odatda son jixatdan metallning valentligiga teng: Na+12SO4, Ca+2(NO3)2, Al+32(SO4)3 va boshqalar.
  • Agar murakkab modda ikkita elementdan tashkil topgan bo’lsa bu elementlarning oksidlanish darajasi valentlikka teng, lekin u + yoki - ishoraga ega bo’ladi. Masalan, H+Cl-, H2+S-2, S+6O3-2, Mn2+7O7-2 va boshqalar
  • Murakkab moddani tashkil etgan atomlarning oksidlanish darajalari yig’indisi nolga teng.
  • Masalan, H2+1S+6O4-2 =+2+6+(-4x2)= +8+(-8)=0; H3PO4 da fosforning oksidlanish darajasi +5; H+1, O-2. Vodorod va kislorodning oksidlanish darajalari yig’ndisidan oksidlanish darajasi noma’lum element topiladi. HMnO4; H+1, O-8; +1-8=+7 +7 marganesning oksidlanish darajasini ko’rsatadi.
  • Murakkab ionlarda atomlar oksidlanish darajalarining yig’indisi ion zaryadiga teng.
  • NH4+(–3+4=+1), MnO4-(+7–8=–1), Cr2O72-(+12–14= –2), SO42-(+6–8= –2), PO43-( +5–8= –3) va hokazo.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin