o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
26
Rahbar
Sariyev R.B.
Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel
o`lchamiga bog`liq, u esa o`z navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi.
Shuning uchun bir xil rasm turli monitorlarda har xil ko`rinishga ega bo`lishi
mumkin. Rastrli tasvir o`lchamini o`zgartirish juda ham murakkab ishdir. Chunki
bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini o`sishiga olib keladi. Kompyuter
grafikasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli tasvirlar
piksellar «ko` naytirish» yoki “o`chirish (agar tavirni kichraytirish kerak bo`lsa)”
algoritmlari ishlab chiqilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani oqilona bajara
olmaydi.
Web-sahifalarni yaratishda birinchi o`rinlardan birini
vektorli grafika ham
egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan berilgan egri
chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, istalgan doirani
tasvirlash uchun uch-to`rt raqam kerak bo`ladi: radius, markaz koordinatalari va
chiziq qalinligi. Shuning uchun, vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan bir
qancha afzalliklarga ega:
· vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter xotirasida
rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi;
· tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini yuqotmasdan chegaralanmagan
kattalashtirish imkoniyati mavjudligi;
· tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko`chirishning qulayligi.
Albatta, vektorli tasvirlarni o`z kamchiliklari ham mavjud. Masalan,
fotorealistik tasvirni vektorli formatda namoyish qilish murakkabroq. Flash
yaratuvchilari bunga echimni tonishgan. Flash yordamida Web – sahifalar tuzishda
siz nafaqat vektorli balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: