§ 1.2. Flash texnologiyasi asoslasi. Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli
grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik
formatlardan bo`lmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari
cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- brouzerlarda,
kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash texnologiyasining
imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha
platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli
kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida
yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interfaol elementlar va
tovush bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali boshqarilishi mumkin.
Flash texnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol multimediya
dasturlar yaratish imkoniyati ko`pchilik Web-dizaynerlar o`rtasidagi bahslarga
sabab bo`lib, uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu
texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda Macromediakompaniyasi tomonidan
ikki asosiy web-brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar
uchun elementlar Plug-In yaratildi. Bu esa, o`z navbatida Flash texnologiyasini
Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web-brouzerlar
yaratuvchilari swf formatini o`z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi.
Bunday usulni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe
firmasi) ham qo`llay boshladi. Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy
va qulay uskunalar bilan ta’minlaganligi bu formatdan ko`p muxlislarning
foydalanishiga olib keldi. Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni
bir qancha to`liq to`plamlari ham mavjud. Ushbu uskunalarni bir turi Macromedia