O‘lchash va o‘lchov asboblarining xatoliklari haqida asosiy tushunchalar va o’lchashga doir masalalar yechish. Ishnning maqsadi



Yüklə 51,19 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü51,19 Kb.
#183002
1   2   3   4
1-Amaliy

Sistematik – deb paydo bo‘lishi yaxshi ma’lum bo‘lgan xatoliklarga aytiladi.
Tasodifiy – xatoliklar qandaydir ma’lum bo‘lgan u yoki bu qonuniyatlarga bo‘ysunmaydilar.
Qo‘pol xatoliklarga ega o‘lchovlar natijalari noaniq o‘lchov deb qabul qilinadi.
Tasodifiy xatoliklar o‘zining tabiati va katta-kichikligi bo‘yicha avvaldan ma’lum bo‘lmagan bo‘ladi. Takroriy o‘tkazilgan o‘lchovlarda ular doimiy bo‘lmaydilar, chunki ular o‘lchov jarayoniga turli sabablarning birgalikda ta’siri natijasida paydo bo‘lib, bu sabablarning har biri o‘zini har hil tutadi va bir-biriga bog‘liq emas.
Bir hil o‘lchovlardagi tasodifiy xatoliklarni hisobga olib bo‘lmaydi, ammo aynan bir doimiy kattalik uchun takroriy o‘lchovni bir hil sinchkovlik bilan o‘tkazilganda tasodifiy xatoliklarning olingan natijalarga ta’sirini sistematik va qo‘pol hatoliklarni istisno etgan holda ma’lum bir ehtimollik bilan baholash mumkin.
Tasodifiy xatoliklarning nazariyasi matematik statistika va ehtimollik nazariyasi metodlariga asoslangan bo‘lib, bir necha bora takroriy o‘lchovlar o‘tkazilganda yakuniy, oxirgi natijani aniqlash imkonini beradi. Shu sababli tasodifiy xatoliklar teoriyasi o‘lchov asboblari ishlarining ishonchliligi va o‘lchovlarning aniqligini baholash uchun keng qo‘llaniladi.

Amaliy mashg’ulotga doir masalalar



    1. Termostatdagi harorat 0-5000С shkalali, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatoligi ±4° С chegarasida bo‘lgan texnik termometr bilan o‘lchanar edi. Termometr ko‘rsatmasi 3460С ni tashkil etdi. Texnik termometr bilan bir vaqtda termostatga tekshiruvdan o‘tganligi haqida guvohnomaga ega bo‘lgan laboratoriya termometri tushirildi. Laboratoriya termometrining ko‘rsatmasi 3520С ni tashkil etdi. Guvohnoma bo‘yicha tuzatish – 10Сni. Chiqib turgan ustun uchun tuzatish +0,5° С ni tashkil qiladi. Texnik termometr ko‘rsatmasidagi xatolikning amaldagi qiymati yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolikning chegarasidan oshadimi, shuni aniqlang.



Yüklə 51,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin