O‘lchash va o‘lchov asboblarining xatoliklari haqida asosiy tushunchalar va o’lchashga doir masalalar yechish. Ishnning maqsadi



Yüklə 51,19 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü51,19 Kb.
#183002
  1   2   3   4
1-Amaliy


1-Amaliy mashg’ulot
O‘lchash va o‘lchov asboblarining xatoliklari haqida asosiy tushunchalar va o’lchashga doir masalalar yechish.
Ishnning maqsadi: O’lchov asboblarini xatoliklarini o’rganish
Nazariy qism
O‘lchov deb berilgan kattalikni shartli ravishda birlik deb qabul qilingan boshqa bir kattalik bilan taqqoslanadigan bilish jarayoniga aytiladi
Q = U g
bu yerda Q – o‘lchaniladigan kattalik, U – o‘lchaniladigan kattalikda qancha birlik borligini ko‘rsatadigan son g – o‘lchov birligi
O‘lchanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash uchun qo‘llaniladigan asbob o‘lchov asbobi deb ataladi.
Texnologik jarayonlarning barcha parametrlari Xalqaro birliklar sistemasi SI (0К, 0С, М, кг/сек, м /сек, н/м , кг/см va boshq) bo‘yicha o‘zlarining birliklariga ega.
O‘lchov asboblarining tekshiruvi deb, uning ko‘rsatmalarini o‘lchovlardagi xatoliklarni aniqlash uchun ishlab chiqariladigan yanada aniqroq bo‘lgan asbob ko‘rsatmalari bilan solishtiriladi.
O‘lchaniladigan kattalikning qiymati sonini aniqlash uchun o‘lchovlarning bevosita va bilvosita usullaridan foydalaniladi.
Bevosita - o‘lchovlar o‘lchaniladigan kattalikni o‘lchov asboblarining o‘lchamlari yoki ko‘rsatmalari (tarozi, xajm o‘lchash schyotchiklari va bosh) bilan bevosita taqqoslashga asoslangan. Masalan: uzunlikni-metr bilan va bosimni – manometr bilan o‘lchash usullari bevosita usul deyiladi. Bevosita o‘lchovlarning quyidagi asosiy usullari mavjud: bevosita aniqlash usullari, kompensatsion (nol) va differensial (farqlash) usuli.
Bevosita aniqlash usuli bilan o‘lchaniladigan kattalikning miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri asbobning chiqish kattaligiga aylanadi va asbob bevosita o‘lchaniladigan kattalikning miqdorini ko‘rsatadi.
Kompensatsion (nol) usuli deb noma’lum o‘lchaniladigan kattalikni ma’lum kattalik bilan solishtirishga aytiladi. O‘lchaniladigan kattalikning miqdori tenglashtiriladigan (ma’lum) kattalik qiymatiga teng muvozanatda bo‘ladi. Bunday asboblar qatoriga potensiometrlar, kuchli kompensatsiyali asboblar va mayinli tarozilar kiradi.
Differensial (farqlash) usuli shundan iboratki, asbob yordamida o‘lchanadigan va qandaydir bir ma’lum kattalik o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Undan so‘ng o‘lchanadigan kattalik ma’lum kattalik qiymati va olingan farqni algebraik ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Yüklə 51,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin