O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

Nazorat savollari. 
 
1. O‘lchashga ta’rif keltiring va uni izohlab bering. 
2. O‘lchash ob’ektlariga misollar keltiring. 
3. O‘lchashlarning qanday turlari bor. Ularga misollar keltiring. 
4. O‘lchash usullariga izoh bering. 
5. O‘lchov va o‘lchash asboblarining farqi qanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


62 
VII-bob. O‘LCHASH VOSITALARI METROLOGIK 
KO‘RSATKICHLARI NATIJALARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR. 
 
 
1. O‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar 
2. Metrologiya xizmati idorasi tekshiruv o‘tkazish tartibi. 
3.
O‘lchash vositalarini idoraviy tekshirilishi 
 
12 §.
 O‘LCHASH VOSITALARIGA BO‘LGAN TEXNIK TALABLAR 
Agar bir turdagi o‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar (texnik shartlar) 
ning davlat standarti mavjud bo‘lsa va tekshirish vositalarini seriyali ishlab 
chiqarilishi ta’minlangan bo‘lsa, bunday o‘lchash vositalari uchun Tekshirishlar 
metodikasining Davlat standarti ishlab chiqiladi. Seriyali ishlab chiqariladigan 
yoki partiyalab import qilinadigan va tekshirish vositalari bilan ta’minlangan 
o‘lchash vositalari uchun O‘zstandartning tekshirish bo‘yicha metodik (uslubiy) 
ko‘rsatmasi ishlab chiqiladi. 
Davlat sinovi qabuliga taqdim etilgan yangi o‘lchash vositalari uchun tekshirish 
bo‘yicha metrologiya institutlarining uslubiy ko‘rsatmasi ishlab chiqiladi va 
davlat metrologiya xizmatlari ko‘rsatish organlari yoki idoralarida sinovdan 
o‘tkazilgandan keyin tekshirish bo‘yicha O‘zstandartning uslubiy ko‘rsatmalari 
yoki davlat standartlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Standartlashtirilmagan, tor sohaga mo‘ljallangan, bir marta ishlab chiqilgan 
o‘lchash vositalarini idoraviy tekshiruvdan o‘tkazish uchun O‘zstandartning 
davlat standartlari va uslubiy ko‘rsatmalari bo‘lmaganda, ishlab chiqaruvchilar 
ushbu o‘lchash vositalarini tekshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma tuzishlari 
lozim. Ushbu ko‘rsatma ishlab chiqaruvchi korxonaning bosh metrologi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Bitta fizik kattalikni o‘lchashga mo‘ljallangan yoki barcha diapazonda 
ishlatilmaydigan kombinirlashgan va ko‘p diapazonli o‘lchash vositalarini 
davriy tekshirish korxonaning bosh metrologi qaroriga ko‘ra faqat ishlatiladigan 
diapazonlardagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda o‘lchash 
vositasiga qo‘llanish sohasini belgilab beruvchi yozuv osiladi. Bunday yozuv 
pasport va tekshiruv haqidagi guvohnomaga ham amalga oshirilgan bo‘lishi 
lozim. 
Faqatgina, fizik kattaliklarning o‘zgarishini, ularni me’yorlashtirilmagan aniqlik 
bilan sifat bo‘yicha baholash uchun xizmat qiluvchi o‘lchash vositalari, ya’ni 
indikatorlar, shuningdek o‘quv maqsadlarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari 
tekshiruvdan o‘tkazilmaydi. Ularning sozligini nazorat qilish idora xizmati 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunday o‘lchash vositalariga ko‘rinadigan qilib, 
“I” (indikator) yoki “U” (o‘quv (uchebnыy)) belgilari qo‘yiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin