58
VI-bob. QIYOSLASH SIFATINI VA QIYOSLASH ISHLARINI
UNUMDORLIGINI OSHIRISH. QIYOSLASH VA KALIBRLASHNING
UMUMIY MASALALARI.
11 §.
QIYOSLASH LABORATORIYALARI VA ULARGA
QO‘YILADIGAN TALABLAR
Qiyoslash laboratoriyalari alohida binolarda yoki umumiy binolarning
izolyasiyalangan xonalarida joylashishi kerak. Majburiy shartlar titrash va
tebranishlar, elekt va radio xalaqitlar, shovqinlarning bo‘lmasligi hisoblanadi.
SHuning uchun ham laboratoriya
binolari temirchilik-presslash, shtamplash va
prokat sexlari hamda tarnsport magistrallaridan ajralib turishiga e’tibor beriladi.
SHu maqsadda ko‘p hollarda qiyoslash laboratoriyalarining xonalarini birinchi
qavatda joylashishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xonalarining maydoni sanitariya me’yorlariga mos ravishda 1
ishchi uchun 10—12 m
2
maydon zarurligidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Xodim bir vaqtda 2-3 ta qurilmaga xizmat ko‘rsatmaaydigan hollarda
maydonni hisoblash bitta qurilma uchun 4,5—6 m
2
maydon zarurligidan
kelib chiqadi. Xonalarning balandligi 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
SHuningdek maydonni hisoblash vaqtida yordamchi va xo‘jalik jihozlarini
joylashtirish uchun qo‘shimcha maydon ajratilishi ham nazarda tutiladi.
Laboratoriya xonalari yorug‘ bo‘lishi kerak,
biroq quyosh nurlarining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishidan saqlanish lozim. SHuning uchun derazalari
shimol tomonga qaragan xonalarni tanlash maqsadga muvofiqroq. Agar oxirgi
shartni bajarish imkoni bo‘lmasa, deraza pardalari o‘rnatilishi lozim. Sun’iy
yoritilganlik tarqaluvchanlikka asoslangan bo‘lishi kerak. Ish joyidagi
yoritilganlik darajasi cho‘g‘lanma lampalardan foydalanilganda 150 lk dan va
lyuminessent lampalardan foydalanganda 300 lk dan kam bo‘lmasligi
kerak.Optik hisoblash qurilmalari bilan ishlayotganda qorong‘ilashtiruvchi
(to‘siqli) qurilmalardan foydalanish zarur. Xona devorlari ¾ balandlik
nisbatida matovoy rangdagi moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Devorning
qolgan qismi va shift oq bo‘yoq bilan bo‘yaladi.
Asosiy talab laboratoriyadagi temperatura rejimiga qo‘yiladi. Barcha o‘lchash
vositalari qoida bo‘yicha normal harorat – 20 °S da qiyoslanishi lozim. Ushbu
harorat laboratoriyada ushlab turilishi va uning og‘ishlari qiyoslash usullari va
vositalariga qo‘yilgan talablarga mos kelishi kerak. Havoning nisbiy namligi
50—80
%
oralig‘ida bo‘lishi lozim. Ba’zi asboblar (masalan,
fotogalvanometrik kuchaytirgich) konveksion oqimlarga juda sezgir.
Ularni
issiq va sovuq manbalar (deraza, pechlar, markaziy isitish batareyalari) dan
uzoqroq saqlash lozim. Haroratni doimiy ushlab turilishida yoritish
chiroqlarining to‘g‘ri joylashtirilishi, deraza, eshik va polning issiqlikdan
izolyasiyalanishi muhim rol o‘ynaydi. O‘lchashlarni aniq bo‘lishi uchun
xonada kuchli quvvatli to‘g‘rilagich, stabilizatorlar o‘rnatilmaydi, chunki ular
ko‘p xalaqitlar (shoqinlar) hosil qiladi. Havo harorati,
namligi va tozaligini
59
ushlab turishning eng samarali usuli konditsionerlardan foydalanish
hisoblanadi.
Elektr o‘lchash asboblarini qiyoslash xonalarida chang, zararli bug‘ va gazlar
bo‘lishi kerak emas. SHuning uchun bunday xonalar elektrolit sexlari, fizik-
kimyoviy
laboratoriyalardan
izolyasiyalanadi.
Akkumulyatorlar
“elektr
moslamalarini o‘rnatish qoidalari” ga mos ravishda
jihozlangan alohida xonada
joylashtirilishi zarur. Ishlab chiqarish xonalarida akkumulyatorlarni o‘rnatish
lozim bo‘lganda ular tortuvchi (ventilyasiyali) shkaflarda o‘rnatiladi. Qiyoslash
laboratoriyasi xonalari orqali bug‘-gaz o‘tkazish va fanovыe quvurlarini
o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
YUqorida aytib o‘tilganidek titrash va tebranishning yo‘qligi muhim
hisoblanadi. Titrash bilan kurashishning eng masarali usuli bu qiyoslash
laboratoriyasini maxsus fundamentli binoga joylashtirish hisoblanadi. Bundan
tashqari, titrash va tebranishga sezgirligi yuqori bo‘lgan
asboblarni kapital
devorlardan ajratilgan kronshteyn, maxsus amortizatorlar va g‘ovak rezinadan
tayyorlangan tagliklarga o‘rnatish maqsadaga muvofiqdir. Barcha hollarda,
sezgir element ko‘rsatkichining titrash ta’sirida og‘ishi shkalaning eng kichik
bo‘limining ¼ qismidan ortmasligini ta’minlash zarur.
Elektr o‘lchash asboblarini qiyoslashdagi spetsifik talab magnit va elektr
maydon ta’sirlarining bo‘lmasligi hisoblanadi. SHu maqsadga ko‘ra
laboratoriyadagi barcha asboblar zazemleniega ega bo‘lishi kerak. Kuchli elektr
magnit maydonlari mavjud bo‘lganda xonalarni ekranlashtirish qo‘llaniladi.
Engil elektr izolyasiyalovchi sintetik materiallardan tayyorlangan qoplamalardan
foydalanlmaydi. Bunday qoplamalar ishlatilganda
statik zaryadlarni bartaraf
etuvchi qurilmadan foydalanish nazarda tutiladi. Xonadagi elektr o‘tkazish
simlari ichki tomondan montaj qilinadi. Ish o‘rinlari uchun 6, 12, 127, 220 V
kuchlanish manbalari o‘rnatiladi. Elekt jihozlari zanjiri va yoritish zanjairlari
o‘zaro bir-biridan ajratilgan bo‘lishi kerak.
Xonalarni tanlash va jihozlarni o‘rnatishda yong‘in xavfsizligi va xavfsizlik
texnikasiga rioya qilinadi: yo‘laklar kengligi – 1,5
m dan kam emas;
statsionar qurilmalar atrofidagi erkin soha – 1 m dan kam emas; qurilmalar
va asboblar o‘rnatilgan stol va devor, deraza, isitish tizimi o‘rtasidagi masofa
– 0,2 m dan kam emas; bitta ish o‘rnidagi ish stollari o‘rtasidagi masofa –
0,8 m dan kam emas, ikki ish o‘rni uchun esa – 1,5 m dan kam emas.
O‘lchash transformatorlari va kilovoltmetrlarni qiyoslash uchun alohida xona
nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. Bu xonada maydoni 8 – 10 m
2
, to‘rli himoya
to‘sig‘iga ega bo‘lgan yuqori voltli maxsus kamera o‘rnatiladi. Barcha
yuqori voltli qurilmalar yuqori volt bo‘yicha blokirovka va ogohlantirish
plakatlariga
ega
bo‘lishi kerak. Qurilmalarning oldiga rezinadan
tayyorlangan gilamlar solingan bo‘lishi kerak. Elekt o‘tkazgichlar
izolyasiyasining qarshiligi belgilangan me’yorlarga mos kelishi zarur va ular
sistematik tarzda nazorat qilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: