O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


§. METROLOGIK FAOLIYATNING TASHKILIY VA HUQUQIY



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

 8§. METROLOGIK FAOLIYATNING TASHKILIY VA HUQUQIY 
ASOSLARI 
Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir: 
1.
Ilmiy asosi: metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fandir; 
2.
Texnikaviy asoslari – kattaliklar birligining davlat etalonlari, kattaliklar 
birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va 
ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari 
va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini 
ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan 
o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart 
namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat 
sinovlari.
3.
Tashkiliy asosi – davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil 
topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati; 


53 
4.
Me’yoriy – qonuniy asoslari – tegishli respublika qonunlari, davlat 
standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
 METROLOGIK TA’MINOTNING ASOSIY MAQSADI VA VAZIFASI 
Metrologik ta’minotningo‘zoldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari: 

mahsulot 
sifatini, 
ishlab 
chiqarish 
va 
uni 
avtomatlashtirishning 
samaradorligini oshirish; 

detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash; 

moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish 
ishonchliligini ta’minlash; 

atrof – muhitni himoya qilish; 

salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. 
Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika 
ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga 
alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor 
munosabatlariniyanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning eksport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin