O‘LCHASH VOSITALARINI QIYOSLASHGA TEXNIKAVIY
HUJJATLAR
Metrologik nazoratning shakllaridan biri o‘lchash vositalarini qiyoslash
hisoblanadi.
O‘lchash vositalarini qiyoslash
deb metrologik idora tomonidan
o‘lchash vositalari xatoliklarini aniqlash va uning qo‘llashga yaroqliligini
belgilashga aytiladi. Qo‘llashga yaroqli deb qiyoslanishi qiyoslash usullari va
vositalariga me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bajarilgan o‘lchash vositalari
tan olinadi.
Ishchi va namunaviy o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari va
vositalarining davlat standartlari SDT standarti talablariga muvofiq bajarilishi
lozim.
Qiyoslash usullari va vositalari standartlari qiyoslovchi o‘lchash vositalari
yaroqliligi masalasini echish uchun etarli bo‘lgan, qiyoslanishi lozim bo‘lgan, va
qiyoslash ishlarining eng kam harajatlarda eng ko‘p samaradorligini
ta’minlovchi zarur minimum metrologik parametrlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Ushbu standartlarda belgilangan qiyoslash usullari davlatlararo qiyoslash
sxemalariga mos bo‘lgan davlat standartlarida ko‘zda tutilgan usullarga muvofiq
bo‘lishi lozim.
48
Qiyoslash usullari va vositalari standartlarida ushbu vositalarga taaluqli
bo‘lgan davlat standartlarida talablari belgilangan yoki davlat sinovidan o‘tgan
va davlat reestriga kiritilgan qiyoslash vositalari qo‘llanilishi lozim.
Qiyoslash usuli va vositalari nomlanishi u tegishli bo‘lgan (mazkur holda
O‘DT ga) standart kompleksi nomlanishidan, standartlash ob’ekti nomlanishidan
va uning turi nomlanishidan iborat bo‘lishi lozim.
Masalan: “O‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Asbobsozlik
mikroskoplari. Qiyoslash usullari va vositalari.”
Standart kirish qismi va quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi lozim:
-
qiyoslash operatsiyalari;
-
qiyoslash vositalari;
-
qiyoslash shartlari;
-
qiyoslashga tayyorgarlik;
-
qiyoslashni o‘tkazish;
-
kuzatuv natijalarini ishlash;
-
qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish.
Kirish qismida standart nimaga taaluqliligini ko‘rsatiladi, ya’ni o‘lchash
vositalari nomlanishi va ularning me’yoriy – texnikaviy tavsifnomalari va u
ularning qiyoslash usullari va vositalarini o‘rnatishi ko‘rsatiladi.
“Qiyoslash operatsiyalari” bo‘limi qiyoslash vaqtida o‘tkazilishi lozim
bo‘lgan operatsiyalar nomlari ro‘yxatini o‘z ichiga olishi lozim, ya’ni qiyoslash
operatsiyalari qiyoslash jarayonini yuritish maqsadga muvofiqroq bo‘lgan ketma
– ketlikda ko‘rsatiladi.
“Qiyoslash vositalari” bo‘limi qiyoslanayotgan o‘lchash vositalari
metrologik parametlariga ta’sir qiladigan fizik kattaliklar ro‘yxatini o‘z ichiga
olishi lozim. Ta’sir qiladigan kattaliklarga quyidagilar kiradi: atrofdagi havo
temperaturasi, namligi va bosimi; qiyoslash vaqtida qo‘llaniladigan muhit
temperaturasi, bosimi va fizik – ximiyaviy xossalari; tok ta’minoti chastotasi va
kuchlanishi; tebranish va silkinish; magnit va elektr maydonlari; garmoniklar
tarkibi; erkin tushish tezlanishi va shu kabilar.
“Qiyoslashga tayyorlash” bo‘limi qiyoslashni o‘tkazishdan oldin amalga
oshiriladigan tayyorlov ishlari ro‘yxatini va ularni bajarish usullarini (asboblarni
nolga o‘rnatish, qiyoslanayotgan asboblarning chidamliligi, yuvish, moyini
artish, isitish va shu k.) o‘z ichiga olishi lozim.
“Qiyoslashni o‘tkazish” bo‘limi: tashqi ko‘rik, sinab ko‘rish, metrologik
parametrlarni aniqlash kichik bo‘limlarini o‘z ichiga olishi lozim.
“Kuzatuvlar natijalarini ishlash” bo‘limi kuzatuvlar natijalarini ishlash
usullarini standartga kiritishi lozim.
“Kuzatuvlar natijalarini rasmiylashtirish” bo‘limi o‘lchash vositalari
davlat va idoraviy qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablarni o‘z
ichiga olishi lozim.
Qiyoslashning ijobiy natijalari tamg‘a bosish va qiyoslash haqida
guvohnoma berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi, salbiy natijalarda tamg‘alar
bekor qilinadi va asbobning yaroqsizligi haqida ma’lumot beriladi.
49
Tekshirishlarni reglamentlashtirilgan holda tashkil qilish va o‘tkazishning asosiy
hujjati bo‘lib, GOST 8.513 – 84 “O‘lchashlarning yagonaligini ta’minlashning
davlat tizimi. O‘lchash vositalarini tekshirish. Tekshirishlarni tashkil etish va
o‘tkazish tartibi” xizmat qiladi. Ushbu standart quyidagi asosiy shartlarga
asoslanadi:
– mamlakatda o‘lchashlarning yagonaligini ta’minlashning muhim vositasi
o‘lchash vositalarini tekshirish hisoblanadi;
– tekshirish barcha o‘lchash vositalarini – ishlab chiqarish va ta’mirdan
chiqqan, chet eldan keltirilgan, foydalanilayotgan va saqlashdagi vositalarning
barchasini qamrab olishi kerak;
– faqatgina, tekshirish, metrologik va texnik talablarga mos kelishini
tasdiqlagan o‘lchash vositalarigina qo‘llash uchun yaroqli deb tan olinishi
mumkin;
– foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalarini tekshirish davriyligi foydalanish
sharoitlariga bog‘liq va u nosoz asboblarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashi
lozim;
– tekshirish, tekshirish bo‘yicha NTD talablaridan kelib chiqqan holda maxsus
tayyorlangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Standartda tekshirishning besh turi nazarda tutilgan: ular – birlamchi, davriy,
navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert.
Ishlab chiqarish yoki ta’mirdan chiqarilayotgan, shuningdek xorijdan
keltiriladigan o‘lchash vositalarining barchasi (sinov va tekshirish natijalarini
o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga ega bo‘lgan mamlakatlardan keltiriladigan
o‘lchash vositalari bundan mustasno) birlamchi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Davriy tekshirish bu – o‘lchash vositalaridan foydalanish yoki ularni saqlash
vaqtida ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng o‘tkaziladigan tekshirish. Ushbu vaqt
oraliqlari – tekshirishlar o‘rtasidagi interval – tekshirishlar orasidagi davrda
o‘lchash vositalarining metrologik sozligini ta’minlashni hisobga olgan holda
o‘rnatilishi lozim.
Navbatdan tashqari tekshirish bu – navbatdagi davriy tekshirish muddatigacha
amalga oshiriladigan tekshirish hisoblanadi. Navbatdan tashqari tekshirishlar
quyidagi holllarda majburiy amalga oshiriladi:
– o‘lchash vositalarining sozligini tasdiqlash lozim bo‘lganda;
– agar o‘lchash vositalari tekshiruvlar orasidagi intervalning yarmi o‘tgandan
keyin komplektlovchi (tarkibiy qism) buyum sifatida o‘rnatilsa;
– ishonch kleymasi, plombalari shikastlanganda va o‘lchash vositasining
davriy tekshiruvdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘qolganda;
– o‘lchash vositasini konservatsiyalanganligiga qo‘yilgan talablardan kelib
chiqqan holda davriy tekshiruvdan o‘tkazish imkoni bo‘lmagan saqlashdan
keyin foydalanishga kiritishda;
– o‘lchash vositalarini uzoq muddatli saqlashga berish va saqlash davrida
qaytdan konservatsiyalashda;
– tekshiruvlar orasidagi intervalning yarmigacha, o‘lchash vositalarini
iste’molchi – ishga tushmagan korxona – tayyorlovchiga berishda;
50
– saqlashdan keyin ombordan olingan o‘lchash vositalarini foydalanishga
kiritishdan oldin.
O‘lchash vositalarini inspeksion tekshiruvi deb, Davlat nazorati va idora
nazorati o‘tkazilayotganda amalga oshiriladigan tekshiruvlarga aytiladi. U ishlab
chiqarish yoki tamirdan chiqarilayotgan hamda muomalada bo‘lgan o‘lchash
vositalarini sozligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ekspert tekshiruvi o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarga qo‘yilgan
talablardan kelib chiqqan holda sozligi, ularning qo‘llashga yaroqliligi bo‘yicha
bahsli savollar yuzaga kelganda amalga oshiriladi.
Tekshiruvni kim amalga oshirayotganligidan kelib chiqqan holda, o‘lchash
vositalarini tekshirish davlat va idora tekshiruviga farqlanadi.
Davlat tekshiruvini O‘zstandartning quyidagi hududiy organlari amalga
oshiradi: metrologik institutlar, standartlashtirish va metrologiya markazlari,
standart va o‘lchash texnikalari bo‘yicha Davlat nazorati laboratoriyalari.
Mamlakatda o‘lchashlar yagonaligini ta’minlashda eng muhim rol o‘ynaydigan,
moddiy hisob, qo‘riqlash va boshqalar uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi
o‘lchash vositalari Majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkaziladi. Ularga quyidagi
o‘lchash vositalari kiradi:
davlat metrologiya xizmati organlarida ishlatiladigan vositalar;
metrologiya xizmatlari ko‘rsatish idorasi organlarida boshlang‘ich namunaviy
o‘lchash vositalari sifatida ishlatiladigan vositalar (boshlang‘ich namunaviy
o‘lchash vositalariga korxonaning metrologiya xizmatlarini lokal tekshirish
sxemasining eng yuqori pog‘onasiga mos keluvchi namunaviy tarozilar va
namunaviy asboblar, ya’ni ushbu korxona uchun eng yuqori aniqlikdagi
o‘lchash vositalari kiradi);
to‘g‘ridan – to‘g‘ri qo‘llanilish vazifasi yoki korxona buyurtmasi shartlariga
ko‘ra namunaviy o‘lchash vositasi sifatida ishlab chiqarilayotgan o‘lchash
vositalari;
moddiy boyliklar, yoqilg‘i va energiya hisoblari, hisob va savdo bilan bog‘liq
bo‘lgan, shuningdek tabiiy muhitlarni himoyalash, mehnat xavsizligini
ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lchashlarda ishchi o‘lchash vositasi sifatida
qo‘llashga mo‘ljallangan va qo‘llanilayotgan vositalar;
milliy va xalqaro rasmiy sport rekordlarini qayd qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
o‘lchashlarda ishlatiladigan vositalar.
Qolgan barcha o‘lchash vositalari idoraga oid tekshiruvdan o‘tkaziladi, ya’ni
korxonadagi metrologiya xizmati tomonidan tekshiriladi. Agar korxonada
metrologiya xizmati mavjud bo‘lmasa, yoki tekshiruv huquqiga ega bo‘lmasa,
unda korxonaning o‘lchash vositalari davlat metrologiya xizmati ko‘rsatish
organlarida yoki tekshiruv huquqiga ega bo‘lgan boshqa korxonaning
metrologiya xizmati idorasida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
O‘lchash vositalarini tekshirish me’yoriy – texnik hujjatlar talablaridan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi. Umumiy qo‘llanishga mo‘ljallangan o‘lchash
vositalari uchun bunday hujjatlar davlat standartlari yoki O‘zstandartning
tekshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalari hisoblanadi.
|