O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


O‘lchashlarning sifat mezonlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

O‘lchashlarning sifat mezonlari. 
Har bir narsaning sifati bo‘lgani 
kabi o‘lchashlarning ham sifati va mezonlari mavjud. Bu mezonlar 
o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu mezonlar qatoriga 
quyidagilar kiritilgan:
Aniqlik
– bu mezon o‘lchash natijalarini kattalikning chinakkam 
qiymatiga yaqinligini ifodalaydi. Miqdor jixatdan aniqlik nisbiy xatolik 
moduliga teskari tarzda baxolanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10
-
3
bo‘lsa, uning aniqligi 10
3
bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik 
aniqlik yuqori darajada bo‘lsa, shunchalik o‘lchash natijasidagi 
muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam bo‘ladi.
Ishonchlilik
o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon 
hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni extimollar 
nazariyasi va matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa 
konkret holat uchun xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan 
3
Klaas B. Klaassen “Electronic Measurement and Instrumentation” II боб, 2.3.3.1 мавзу, 95-97 бет


31 
ishonchlilikdagi natijalarni olishni ta’minlovchi o‘lchash usuli va 
vositalarini tanlash imkonini beradi.
To‘g‘rilik
– o‘lchash natijalaridaga muntazam xatoliklarning nolga 
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. 
Mos keluvchanligi
– bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir-
biriga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o‘lchashlarning mos 
keluvchanligi tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi. 
Qaytaruvchanlik
– ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har 
xil joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning 
natijalarini bir-biriga yaqinligini bildiradi.
O‘lchash xatoligi
– o‘lchash natijasini chinakam (xakikiy) qiymatdan 
chetlashuvini 
(ogishuvini)ifodalovchi 
o‘lchashningsifat 
mezoni.laboratoriyalarni akkreditlash faoliyatlariga bagishlagan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin