O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

birlamchi etalonlar; 

ikkilamchi etalonlar; 

ishchi etalonlar.
Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini qo‘llagan holda, mazkur o‘lchashlar 
soxasidagi mavjud bo‘lgan imkoniyat doirasida va eng yuqori aniqlikda 
kattalikning birligini hosil qiluvchi etalonga birlamchi etalon nomi 
berilgan. Birlamchi etalon milliy (davlat) yoki xalqaro bo‘lishi 
mumkin. 
Milliy etalon biror davlat (mamlakat) doirasida dastlabki o‘lchov 
sifatida milliy metrologiya organi tomonidan tasdiklanadi. O‘zbekiston 
Respublikasida ushbu organ sifatida, standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy markaz O‘zdavstandart hisoblanadi.
Xalqaro etalonlarni «Og‘irlik va o‘lchovlar bo‘yicha xalqaro byuro» 
saqlaydi (OUXB) va u bilan bog‘liq barcha masalalarni xal etadi. 
OUXB faoliyatidagi eng muhim va mas’uliyatli vazifalaridan biri, turli 
davlatlarning yirik va katta ko‘lamga ega bo‘lgan metrologik 
laboratoriyalardagi milliy etalonlarini xalqaro etalonlar bilan muntazam 
va 
xalqaro 
mikyosida 
taqqoslash 
hisoblanadi. 
SHuningdek 
o‘lchashlarning ishonchliligini, aniqligini va birligini ta’minlash 
maqsadida o‘zaro takkoslovlar ham muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bu 
esa xalqaro iqtisodiy aloqalarning eng asosiy talablaridan sanaladi. SI 
tizimidagi asosiy kattaliklarning etalonlari bilan bir qatorda, hosilaviy 
kattaliklarning etalonlari ham taqqoslanib turadi. Taqqoslash amallari 
belgilangan muddatda, davriy ravishda bajariladi. Masalan, metr va 
kilogramm etalonlari har 25 yilda, elektr va yoruglik kattaliklarining 
etalonlari esa har 3 yilda takkoslanib turiladi.
Birlamchi etalonga ikkilamchi va boshqa razryaddagi barcha etalonlar 
«bo‘ysunadi». 
Birlamchi etalon orqali qiymati aniqlanadigan etalonga ikkilamchi 
etalon nomi berilgan. 
Ba’zi hollarda nafaqat vaqt mobaynida o‘zgarmas, doimiy bo‘lgan 
parametrlarni, balki o‘zgaruvchan boshqa parametrlarni, xususan keng 
ko‘lamdagi davriy yoki impulsli chastotalarni o‘lchash lozim bo‘ladi. 


28 
Mana shunday, ayrim sharoitlar uchun birlikni qayta yaratadigan va shu 
sharoitlar uchun birlamchi etalonning o‘rnini bosadigan etalon maxsus 
etalondan foydalaniladi. Maxsus etalon yordamida yaratilgan birlik 
birlamchi etalon yordamida yaratilgan birlikka mos bo‘lishi keltirilgan: 
Mamlakatda rasmiy ravishda asos qilib tasdiqlangan birlamchi yoki 
maxsus etalonga davlat etaloni nomi beriladi. Davlat etalonining 
saqlanganligini tekshirish uchun va yo‘qolganida yoki bo‘zilganida 
o‘rnini bosadigan etalon ham mavjud. Bu etalonga guvox etalon nomi 
berilgan. Odatda etalon birlikni yarata olmaydigan xollardagina ushbu 
etalondan foydalaniladi.
2
Nusxa etalon ishchi etalonlarga birliklar o‘lchamlarini uzatishga 
mo‘ljallangan ikkilamchi etalon hisoblanadi. Taqqoslash etaloni ham 
ikkilamchi etalon bo‘lib, undan biror sababga ko‘ra bir-biri bilan 
bevosita solishtirib bo‘lmaydigan etalonlarni taqqoslash uchun 
foydalaniladi. 
YUqori aniqlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalariga va 
ayrim xollarda juda katta aniqlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash 
vositalariga birlikning o‘lchamini uzatish uchun ishchi etalon 
qo‘llaniladi.
Etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchash vositalarining to‘plamiga kiruvchi 
o‘lchash uskunalariga esa etalon uskunasi nomi berilgan. 
5§. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin