KONTAKT QURILMASINI ISHLAB KETISH XATOLIGINI ANIQLASH. Kontakt qurilmasini ishlab ketish xatoligi ishlash sxemasining kamida uchta
raqam belgilarida tekshiriladi. Ushbu belgilarning ikkitasi kontakt qurilmasining
ishlash sxemasining chegaralarida, uchinchisi esa taxminan geometrik
markazda bo‘lishi kerak. Signal qurilmasi sifatida qizish lampalari, qo‘ng‘iroq
yoki boshqa qurilmalar bo‘lishi mumkin.
Kontakt qurilmasining ko‘rsatkichi qiyoslanayotgan shkalaning belgisiga
o‘rnatiladi va o‘lchanayotgan kattalikni qiymati uch marotaba oxistalik bilan
o‘zgartiriladi, va o‘lchanayotgan kattalikni xaqiqiy qiymati aniqlanadi. Ishlab
ketishning absalyut xatoligi kontakt qurilmasining ko‘rsatkichiga o‘rnatilgan
shkalaning mos keluvchi belgi kattalik qiymatidan xaqiqiy qiymat ayrimasi
bilan aniqlanadi. Kontakt qurilmasini ishlab ketish xatoligi sifatida
o‘lchanayotgan kattalik qiymatini oxistalik bilan oshirish va kamaytirish
qiymatlarini ayrimasini eng kattasini shkalani normallashtiruvchi qiymati nisbati
olinadi.
Tekshiruv vaqtida signal qurilmasini soxta ishlab ketishi kuzatilmasligi kerak.
Ko‘rsatkichlar yozuvining asosiy xatoligini aniqlash ayrim to‘ldirishlar bilan
ko‘rsatkichlarni asosiy xatoliklarini aniqlash kabi aniqlanadi. Xatolik va
variatsiyalar diagramma lentasi yozuvlaridan aniqlanadi. O‘lchanayotgan
signalni uzatishdan oldin yozuvchi qurilma perosi xarakatlanunchi diagrammada
amalga oshirilishi kerak. Uzliksiz yozuvli o‘zi yozar asboblar uchun yozish
davomiyligi xar bir tekshirilayotgan oraliqda 2 minut davom etishi kerak, bunda
2 mm yozuv xosil bo‘lishi kerak.
24
Tayanch so‘zlar: o‘lchash vositalarini tekshirish,birlamchi tekshiruv,
davriy tekshiruv, navbatdan tashqari tekshiruv, inspeksion tekshiruv, ekspert
tekshiruvi.