O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


QIYOSLASHGA UMUMIY TALABLAR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

QIYOSLASHGA UMUMIY TALABLAR 
Qiyoslash usullari va vositalarining hujjatlari standartlar, rahbariy 
hujjatlar, 
tavsiyanomalar 
yoki 
ishlatish 
hujjatlarining 
tarkibidagi
bo‘limlari ko‘rinishida ishlab chiqilishi mumkin. 
Umumiy alomati bo‘yicha birlashtirilgan va bevosita qiyoslash uchun 
ham, o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish uchun 
ham qo‘llaniladigan, shu guruhga tegishli bo‘lgan o‘lchash vositalarining 
guruhini qiyoslash usuliyatinn belgilandigan me’yoriy hujjatlar standartlar, 
rahbariy hujjatlar, tavsmyanomalar ko‘riiishida ishlab chiqiladi. 
Ishlatish hujjatlari tarkibiga kiruvchi qiyoslash usuliyatlari va qiyoslash 
bo‘yicha yo‘riqnomalari, o‘lchash vositalarini muayyan xilini qiyoslash 
usullarinn va qiyoslash vositalarini aniq belgilashi lozim. 
O‘lchash vositalarini muayyai xilini qiyoslash bo‘yicha me’yoriy 
hujjatlarini standartlar, rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar ko‘rinishida ishlab 
chiqishga ruxsat etiladi. 
Standartlarii, rahbariy hujjatlarni, tavsiyaiomalarii ishlab chiqish O‘z 
RST 1.1 va O‘z RST 1.8 larga binoan amalga oshiriladi. 
Ishlatish hujjatlari tarkibiga kiruvchi qiyoslash usuliyatlari va 
qiyoslash bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘lchash vositalarini Uz RST 8.009 
bo‘yicha xilini tasdiqlash sinovlariga tayyorlashda yoki O‘z RH 51—022 
bo‘yicha o‘lchash vositalarini tasdiqlangan xiliga muvofiqligi sinovlariga 
tayyorlash jarayonida hujjatni qayta ko‘rib chiqishda o‘lchash vositalarini 
ishlab chiquvchi-tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi. 
O‘z RST 8.011ga binoan metrologik attestatlashga taqdim ztiladigan 
o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha me’yoriy hujjatlari o‘lchash
vositalarini ishlab chiquvchi-tashkilot, ishlab chiqaruvchi, iste’molchi yoki 
metrologik attestatlashni o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi. 
O‘lchash vositalarni qiyoslash bo‘yicha me’yoriy hujjatlari davlat 
metrologik xizmati idoralarida metrologik ekspertizadan o‘tishi lozim. 
Seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallanayotgan o‘lchash vositalarini 
qiyoslash bo‘yicha me’yoriy hujjatlari metrologik xizmatning Bosh 
markazi (MXBM) bilan kelishilgan bo‘lishi va O‘zstandart agentligi 
tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
CHet eldan keltiriladigan o‘lchash vositalarini qiyos lash bo‘yicha
me’yoriy hujjatlari, shu o‘lchash vositalarni Respublikada bo‘lgan 
metrologik ta’minotining vositalarida qiyoslanishi mumkinligini aniqlash 
maqsadida MXBM da metrologik ekspertizadan o‘tishi lozim. 
Talab 
etilgan 
aniqlikda 
metrologik 
tavsiflarini 
aiiqlanishini 
ta’minlaydigan, Respublikada bor bo‘lgan qiyoslash vositalaridan 


14 
foydalanish maqsadida me’yoriy hujjatlarga qo‘shimchalar ishlab chiqishga 
ruxsat etiladi. 
CHet eldan keltiriladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha 
me’yoriy hujjatlari yoki o‘zgartishlari davlat metrologik xizmati idoralari 
tomonidan tasdiqlanishi lozim. 
O‘z RST 8.011 ga binoan metrologik attestatlanishi lozim bo‘lgan 
o‘lchash vositalarni qiyoslash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash 
davlat metrologik xizmati idoralari o‘tkazadi. 
Qiyoslash usullari va vositalariiing me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash 
va ro‘yxatga olish tegishli toifadagi hujjatlarni tasdiqlash va ro‘yxatga 
olish qoidalariga muvofiq O‘zstandart agentligi tomonidai amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchash vositalarining qiyoslash 
usullari va vositalari bo‘yicha amal qilayotgan standartlar, rahbariy 
hujjatlar, tavsiyanomalar to‘g‘risidagi axborot O‘zstandart agentligi 
tomonidan nashr etiladi. 
Me’yoriy hujjatlarning amal qilish muddati o‘lchash vositalarning 
guruhini o‘ziga xos xususiyatiga va qiyoslash sxemasining me’yoriy 
hujjatini amal qilish muddatiga bog‘liq ravishda belgilanadi va 5 yildan 
ko‘p bo‘lmasligi lozim. Ishlab chiquvchi me’yoriy hujjatni amal qilish 
muddati tugagandan keyin uni me’yoriy hujjatlarning zamonaviy holatiga, 
xalqaro hujjatlarga va metrologik ta’minot vositalarining holatiga 
muvofiqligini tekshiradi. Ishlab chiquvchiniig taklifiga binoan o‘zgartishsiz 
me’yoriy hujjatlarni amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin. 
Zarur bo‘lganda ishlab chiquvchi o‘zgartishlarni yoki hujjatni yangi tahririni 
tasdiqlashga taqdim etadi. 
Me’yoriy hujjat zamonaviy talablarga muvofiq bo‘lmaganida uni amal qsilish 
muddati tugamasdan qayta ko‘rib chiqilishi mumkii. 
O‘lchash vositalarn uchun me’yoriy hujjatlarniig o‘zgartishi, amal qilish 
muddatini uzaytirilishi yoki yangi tahriri MXBM bilan kelishib olingan 
bo‘lishi lozim. 
Me’yoriy hujjatga o‘zgartishlarni kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish 
tartibi O‘zstandart agentligi tomonidan tegishli toifadagi me’yoriy hujjatlarga 
belgilangan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin