29
Olimlarimiz ko‘proq tabiiy va antropometrik birliklarga ahamiyat
berishgan. Ba’zi bir birlik o‘lchamlari boshqa davlatlarda ham tadbiq
etila borgan. Masalan, Qadimgi Rus va boshqa Evropa davlatlariga
o‘lchash birliklari arshin (forscha «arsh» - tirsak) , sajen («sarjin» - uch
tirsak) shular jumlasidandir.
Yillar o‘tgan sari, xalqaro ijtimoiy va iqtisodiy aloqalar yangi
pog‘onalarga ko‘tarildi vaxalqaro kelishuvlar
asosida yaratilishi lozim
bo‘lgan birliklarga ehtiyoj tobora ortdi. Va nixoyat, XVIII asrning
oxirlariga kelib bu muammo o‘ta dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi.
Xo‘sh, yaratiladigan o‘lchovlar tizimi qanday bo‘lishi kerak edi?
✓
Eng avvalo, har bir o‘lchov bir nechta davlatlar uchun umumiy
tavsifga ega bo‘lishi lozim edi.
✓
O‘lchovlarning doimiy va o‘zgarmas bo‘lishi uchun ular tabiiy
bo‘lishi lozim edi. SHunda, agar yaratilgan namuna (etalon) yo‘qolsa,
uni yana qaytadan tiklash, ya’ni tabiatdan olish imkoniyati saqlanib
qolardi.
✓
O‘lchovlar o‘zaro bir tizimda bog‘langan bo‘lishi kerak edi.
1790 yilning 8 mayida, Fransiya Milliy majlisi o‘lchovlar tizimini
yaratish borasida reforma o‘tkazib, dekret qabul qildi. Bunga bog‘liq
amallarni bajarish fanlar akademiyasi zimmasiga yuklandi.
Mashxur va
taniqli olimlardan iborat maxsus komissiya tuzildi. Bu komissiya
«Barcha davrlar va hamma halqlar uchun» shiori ostida faoliyat
yuritdilar.
Komissiya oldidagi muhim vazifa Parij meridiani bo‘yicha Dyunkern va
Barselona shaharlari orasidagi masofani aniq va bir yunalishda o‘lchash
edi. Aynan shu ikki shaharning olinishiga sabab, ularning ikkovi ham
dengiz sathida va bir Parij meridianida yotar edi.
Vazifani bajarish akademiklar Meshen va Delambrlarga topshirildi. Bu
ishni bajarishga 6 yil vaqt ketdi. Tekis joylarda bevosita,
past-baland
joylarda esa ko‘p uchburchak shakllari yasalib, uning bazis tomoni
bo‘yicha to‘g‘ri masofa aniqlanar edi.
O‘lchashlar tugaganidan so‘ng, olimlar yangi o‘lchovning uzunligini
hisoblab chiqardilar. Bu uzunlik Parij meridianining qirq milliondan bir
ulushiga teng edi. YAngi uzunlik birligiga metr («metron» - grekcha
“o‘lchov”) nomi berildi. aynan mana shu birlik metrik birliklar
tizimining asosi bo‘lib hisoblandi
1869 yil Peterberg akademiyasi
dunyodagi barcha yirik ilm
dargoxlariga metrni qayta ko‘rib chiqish xususida quyidagicha murojaat
qildilar:
«Ilm-fan yutuqlariga suyanib, Metr-Er meridiani charog‘ining o‘n
milliondan bir ulushi degan ta’rifdan voz kechish lozimdir. CHunki
takomillashtirilgan tarzdagi keyingi o‘tkazilgan aniq o‘lchashlar
natijalari har xil bo‘lgan. Lekin har bir qayta o‘lchashdan so‘ng
metrning uzunligini o‘zgartirish yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir».
30
Buni hisobga olgan Peterburg akademiyasi Fransiya arxivida
saqlanayotgan metrning dastlabki holida nusxalarini tayyorlash va turli
davlatlarga berishni taklif etdi.
3
1875 yil Parijda xalqaro konferensiya chaqirildi. 17 davlat vakillari
metrik tizimni xalqaro sifatda tan olish bo‘yicha
metrik konvensiyani
(shartnomani)
imzoladilar.
Aynan
shu
konferensiyada
Xalqaro
komissiyaning ko‘zatuvi ostida platina va iridiy kotishmalaridan 34
dona metr etaloni va 43 ta kilogramm etaloni tayyorlandi. SHulardan
№28 va №11 metr etalonlari hamda №12 va «26 kilogramm etalonlari
Rossiyaga berildi.
1967 yili eng zamonaviy asboblar bilan Er meridianining qirq
milliondan bir ulushi aniqlandi va natijaga ko‘ra Fransiyadagi arxiv
metr meridional metrdan faqat 0,2 mm qisqarok ekan.
Platina-iridiydan tayyorlangan metr etalonining xatoligi +1,1.10
-7
metr
bo‘lib, asrimizning boshidayoq bu e’tirof etilgan edi. 1960 yilda
og‘irlik va o‘lchovlar bo‘yicha
XI bosh konferensiya atom
nurlanishlarining spektral chiziqlari to‘lqin uzunliklarining doimiyligi
asosida kripton metr etaloniga ta’rif berildi.
Undagi xatolik 5.10
-9
metrga teng edi.
Birok kosmik asrda bu ham qoniqtirmadi va 1983 yil, og‘irlik va
o‘lchovlar bo‘yicha XVII Bosh konferensiyada metr etaloniga yangi
ta’rif berildi: metr - yorug‘lik nurining vakuum sharoitida sekundning
1/299792458 ulushidagi bosib o‘tgan masofasiga teng.
Massa birligining etaloni ham qiziq tarixga ega. «Arxiv kilogramm»
1872 yilda tayyorlangan bo‘lib, toza suvning 4
0
S dagi 1 dm
3
hajmga
to‘g‘ri keladigan massasiga teng hisoblangan. U balandligi va diametri
39 mm ga teng bo‘lgan platina silindrdan iborat. Undan olingan
nusxalar esa platina-iridiy kotishmasidan tayyorlangan.
Dostları ilə paylaş: