26
normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham
foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni
yodda tutishimiz lozim bo‘ladi:
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon,
solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon,
birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan
namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi.
Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi.
Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda
qo‘llaniladi hamda davlat standarti idoralarida saqlanadi.
Hozirgi vaqtlarda respublikamizda milliy etalon bazasini yaratish,
shakllantirish borasida keng ko‘lamdagi ishlar olib borilayotir (bu
xakda keyingi mavzularda fikr yuritamiz).
Dostları ilə paylaş: