52
V-bob. METROLOGIK XIZMATDA QIYOSLASH VA KALIBRLASH
ISHLARINI TUTGAN O‘RNI.
1. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik
xizmat va metrologik
ta’minot;
2. Metrologik faoliyatning tashkiliy va huquqiy asoslari;
3. Metrologik ta’minotning asosiy maqsadi va vazifasi;
4. O‘lchashlarning bajarish usuliyatlari;
5. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO).
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat
bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi,
ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasini asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik
ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:
−
o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan
aniqlikka erishish uchun
zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar,
tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy
va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
Ushbu tavsifdan
kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning asosiy
vazifasiga quyidagilar kiradi:
•
o‘lchash vositalarining ishga
yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq
etish;
•
o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish
borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
•
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
•
o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
•
o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik
attestatsiyasi va
hokazolar.
Dostları ilə paylaş: