17
O‘z KTning belgisi bloklarga, shtamplarga, shuningdek O‘z KTning boshqa
hujjatlari va ob’ektlariga tamg‘alab bosiladi. O‘z KT ning belgisini tamg‘alash
(qo‘llanish) joyi va tartibini O‘z KTning markaziy idorasi belgilaydi.
O‘lchash vositalarining kalibrlash tizimining asosiy yo‘nalishlari:
−
yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining kalibrlash ishlarini o‘tkazish
huquqini akkreditlashni amalga oshiruvchi organlarni qayd qilish;
−
yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining kalibrlash ishlarini o‘tkazish
bo‘yicha huquqini akkreditlash;
−
o‘lchash vositalarini kalibrlash;
−
O‘zbekiston Respublikasi kalibrlash tizimining asosiy prinsiplari va
qoidalarini belgilash, tashkiliy metodik va axborot faoliyatini ta’minlash;
−
akkreditlangan metrologik xizmatlarning kalibrlash nshlarini o‘tkazish
tartiblariga rioya qilishlari ustidan inspeksion nazorat o‘rnatish.
Kalibrlash ishlarini o‘tkazishga doir talablar RD O‘z 51-071-98 GSI da
keltirilgan.
Kalibrlash ishlarini bajaradigan tashkilot quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
−
qiyoslangan va identifikatsiyalangan (bir xillashtirilgan) kalibrlash
vositalari
– kalibrlashda belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda
qo‘llaniladigan etalonlar, qurilmalar va boshqa o‘lchash vositalari;
−
kalibrlash ishlarining tashkil etilishini va o‘tkazilishini reglamentlovchi
(tartibga soluvchi) hujjatlar. Bular jumlasiga akkreditlash sohasiga oid hujjat,
o‘lchashlar va kalibrlash vositalariga oid hujjatlar, kalibrlash, kalibrlash
protsedurasi (tartiboti) va uning ma’lumotlaridan foydalanishga doir davlat
me’yoriy hujjatlari kiradi;
−
kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan va malakali xodimlar;
−
me’yoriy talablarni qanoatlantiradigan binolar.
Kalibrlash natijalari o‘lchash vositasiga yoziladigan kalibrlash nishoni bilan
yoki kalibrlash haqidagi guvohnoma bilan, shuningdek, ishlatish hujjatlariga
yozish bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: