25
III-bob. RAQAMLI O‘LCHASH VOSITALARINI QIYOSLASHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI;
1.O‘lchash vositalari va ularning turlari.
2.Qiyoslash ishlarini avtomatlashtirish masalalari va bo‘linmalarda
qiyoslashni samarali tashkil qilish;
3. Amaliy faoliyatda o‘lchash vositalarini kalibrlash;
O‘lchash vositalari va ularning turlari.
Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan
metrologik xossalariga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga yoki ularning
majmuasiga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma - xil. Ular sodda yoki murakkab
aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash
vositalari
me’yorlangan metrologik xossalariga lozim va bu metrologik xossalar
davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan
kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash
vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalarining sifatida quyidagilarni
keltirishimiz mumkin:
✓
o‘lchovlar;
✓
o‘lchash asboblari;
✓
o‘lchash o‘zgartgichlari;
✓
o‘lchash qurilmalari;
✓
o‘lchash tizimlari.
O‘lchovlar keng tarkalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir
qiymatini hosil qiladigan
saklaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr
qarshiligi, kondensator va shu kabilarni o‘lchovlarga
misol qilib
olingan.
O‘lchovlarning turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va
namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart
namuna – modda va materiallarning xossalarini
va xususiyatlarini
tavsiflovchi kattaliklarning hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov
sanaladi. Masalan, g‘adir – budurlikning namunalari, namlikning
standart namunalari.
Namunaviy modda esa muayyansharoitda hosil bo‘ladigan aniq
xossalariga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, «toza suv», «toza
metall» va hokazolar. «Toza rux» 420
0
S temperaturani
hosil qilishda
ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga
bo‘lingan chizg‘ich), va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi,
26
normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham
foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda
quyidagi qatorni
yodda tutishimiz lozim bo‘ladi:
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon,
solishtirish etaloni,
nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon,
birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida
aniqlik bilan ishlangan
namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi.
Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi.
Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda
qo‘llaniladi hamda davlat standarti idoralarida saqlanadi.
Hozirgi vaqtlarda respublikamizda milliy etalon bazasini yaratish,
shakllantirish borasida keng ko‘lamdagi ishlar olib borilayotir (bu
xakda keyingi mavzularda fikr yuritamiz).
Dostları ilə paylaş: