O‘lchash xatolliklarini metrologok tavsiflarini o‘rganish. Kuchlanishni о‘lchash usullari va о‘lchash xatoliklarining xisobi. Ishdan maqsad


Elektr kuchlanishni xarakterlovchi qiymatlar va о‘lchash vositalari



Yüklə 29,96 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,96 Kb.
#208112
1   2   3
4-Amaliyot

Elektr kuchlanishni xarakterlovchi qiymatlar va о‘lchash vositalari


Quyida elektr kuchlanishni xarakterlovchi qiymatlar va ularni о‘lchash vositalari tо‘g‘risidagi malumotlarni keltiramiz, jumladan, elektr kuchlanish quyidagi qiymatlar bilan tavsiflanadi: о‘rta, о‘rta tо‘g‘rilangan, о‘rta kvadratli va amplituda qiymatlari. Kuchlanish egrisi shaklining о‘zgarishi kuchlanish qiymatining о‘zgarishiga olib keladi. Voltmetrlar foydalanilgan detektor turiga kо‘ra, kuchlanishning qiymatlarini о‘lchaydi. “Pik” detektori asosida qurilgan voltmetr kuchlanishning amplituda, kvadratli detektorli voltmetr kuchlanishning о‘rta kvadratik, chiziqli voltmetr о‘rta tо‘g‘rilangan qiymatini о‘lchashga mо‘ljallangan. Elektron voltmetrlarning shkalasi sinussimon kuchlanishning о‘rta kvadratli qiymati bо‘yicha darajalangan bо‘ladi. Shunga kо‘ra qat’iy sinussimon shaklli bо‘lmagan kuchlanishni о‘lchashda xatoliklar paydo bо‘ladi. Sinussimon kuchlanishning amplituda yoki о‘rtakvadratli qiymatini voltmetr turiga bog‘liq bо‘lmagan holda olish uchun voltmetrning о‘rta kvadratik qiymatdagi kо‘rsatishini sinussimon kuchlanishning amplituda koeffitsiyentiga teskari bо‘lgan koeffitsiyentga kо‘paytirish kerak.

.

Shakl va amplituda koeffitsiyentlari ifodadan aniqlanadi:


. .

Impulsli kuchlanish voltmetrlaridan tashqari barcha voltmetrlar sinussimon kuchlanishning о‘rta kvadratli qiymati bо‘yicha darajalangan bо‘ladi.


О‘lchagichlar kо‘rsatishini aniqlashda elektron voltmetr qanday kirishga ega ekanligini bilish muhimdir: ochiq yoki yopiq. Ochiq kirishda tо‘liq signal о‘lchanadi, yopiq kirishda esa doimiy tashkil etuvchisiz о‘lchanadi. Umumiy kо‘rinishda yozish mumkin
Uk = cf [u(t)], ochiq kirishda;
Uk = cf [u(t)-u0], yopiq kirishda.
Bu yerda Uk – voltmetr kо‘rsatishi;
s – darajalash koeffitsiyenti;
f– о‘zgartkich turiga bog‘liq bо‘lgan funksional о‘zgartirgich;
u0 – о‘rta qiymatga teng bо‘lgan о‘lchanayotgan signalning doimiy tashkil etuvchisi.
Darajalash koeffitsiyentining qiymatini aniqlash mumkin. Yopiq kirishli о‘zgartkichiga va sinussimon kuchlanishning о‘rta kvadrati bо‘yicha darajalangan voltmetrning kо‘rsatishini aniqlaymiz.

.

.

Shkalasi sinussimon kuchlanishning о‘rta kvadratli qiymati bо‘yicha darajalangan о‘rta tо‘g‘rilangan qiymat voltmetrining kо‘rsatkichi ifodadan aniqlanadi: Uk = Uо‘rt * 1.11;


О‘zgaruvchan kuchlanishning birgina qiymatini bilgan holda qolgan ikkita qiymatini berilgan kosinussimon kuchlanishning amplituda va shakl koeffitsiyentlari bо‘yicha topish mumkin.
Kuchlanishning shaklini va detektor turini aniqlagan holda kuchlanishning ixtiyoriy qiymatini о‘lchash mumkin. Lekin, bunday о‘lchashlar bevosita bо‘lmaydi, ya’ni voltmetr kо‘rsatishini ayrim kо‘paytuvchilarga kо‘paytirish kerak bо‘ladi.



  1. Yüklə 29,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin