Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-281-289 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 288 www.ares.uz Agar oy va sana ma‘lum bo‘lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va aksincha
haftaning kunlari ma‘lum bo‘lsa, bu kun oyning qaysi sanasiga to‘g‘ri kelishini
aniqlash mumkin.
Bolalarni kalendar bo‘yicha quyidagi savollarga javob berishga o‘rgatiladi:
- Bu yil Mustaqillik bayrami, Navro‘z bayrami, Xotira kunlari haftaning
nechanchi kuniga to‘g‘ri keladi?
- Yanvar, mart, may, dekabr yilning nechanchi oylari?
- Yilda ikkinchi, to‟rttinchi, sakkizinchi bo‘lib keluvchi oyning nomi nima?
- Kalendarda bilingchi bahorgi kanikul necha kun davom etarkan? (bahorgi
kanikul 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.)
Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibini
belgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga
yaqin bo‘lgan qismlari - ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki ertalabdan kechgacha
bo‘lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining
tartibi haqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi
kun, indingi, o‘tgan kuni. Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o‘tgan vaqt
oralig‘i sutka deb ataladi deb tushuntiriladi. Tabel-kalendardagi sanalar sutkalarni
ifodalashini sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi: shundan keyin soat
va minut tushunchasi o‘rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqidagi aniq
tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi.
Masalan: 1 soat bitta 60 dars bilan katta tanaffusning davom etishidir. Bir minutning
qancha davom etishini shakllantirish uchun mashqlar kiritiladi. Bu mashqlar
yordamida bolalar bir minutda nima qilish mumkinligini bilib oladilar. Masalan bir
minutda qancha sanay olasan? Nechta misol echa olasan? O‘rtacha qadam bilan bir
minutda necha metr bosish mumkin? Soat va minut bilan tanishtirishga bag‘ishlangan
birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka yigirma
to‘rt soatdan, bir soat oltmish minutdan iborat. Bu bosqichda soat bilan tanishtirish
asosiy ish bo‘lib hisoblanadi. Soatning demonstrasion modeli yordamida o‘qituvchi
soatning tuzilishi, ishlashini, hamma soatlar shunday yasalganini, ya‘ni katta strelka
bir kichik chiziqchadan ikkinchi kichik chiziqchagacha bir minutda o‘tishini, kichik
strelka esa bir katta chiziqdan ikkinchi katta chiziqgacha bir soatda o‘tishini aytadi.
Shuning uchun katta strelkani minut strelkasi kichik strelkani esa soat strelkasi
deyiladi.