Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-281-289
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 281 www.ares.uz
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MASSA, SIG’IM VA VAQT
O’LCHOV BIRLIKLARI TO’G’RISIDAGI TASAVVURLARNI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Мaludaxon Мusurmonova
Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Kumush Zamidova
Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
Маqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida massa, sig‘im, vaqt o‘lchov
birliklari
to‘g‘risidagi tasavvurlarni tarkib toptirishning metodlari
haqida fikr yuritilib,
tavsiyalar
berilgan.
Tayanch so’z va iboralar: massa, vaqt, sig‘im, o‘lchov birliklari, gramm, kilogram,
sentner, tonna, sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr, oddiy va kabisa yili.
METHODS OF FORMING AN IDEA OF THE UNITS OF MASS, CAPACITY AND
TIME IN YOUNGER SCHOOLCHILDREN
ABSTRACT
The article discusses and gives recommendations on the
formation of ideas about
mass, capacity and time among primary school students.
Keywords: mass, time, capacity, units of measurement, grams, kilograms, centners,
tons, seconds, minutes, hours, days, weeks, months, years, centuries, simple and leap years.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ma‘lumki,
hayotimizni
o‘lchov
birliklarisiz
tasabbur
etib
bo‘lmaydi.Maktab o‘quv dasturida o‘lchov birliklarini o‘rganish
dastlab
boshlang‘ich sinflarda boshlanadi. Bunda 1- sinfda o‘quvchilar tanishadigan
birinchi o‘lchov birlik bu - m a s s a birligi ‖kilogram‖dir. 1
kg li massa
haqidagi tasavvurni bolalar faqat o‘zlarining amaliy
ishlari asosida olishlari
kerak. Bolalar massalari 1 kg ga teng bo‘lgan predmetlarni qo‘llarida
ushlab ko‘rishlari va bu predmetlarni og‘ir yoki
yengil predmetlar bilan
taqqoslashlari kerak бўлади. Taqqoslash operatsiyasi asosidagina bolalar 1
kg li massa haqida real tuyg‘uni sezadilar.
Birinchi darsning o‘zidayoq bolalarni pallali (richagli) tarozida
har xil