Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-281-289
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 284 www.ares.uz
2.Vaqt o`lchov birliklari
Mavzuni o‘rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning
munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo‘yicha aniqlashga o‘rgatishdir.
Ularga minut, sekund, soat, kun, hafta, oy, yil kabi vaqt o‘lchovlarini uy
sharoitida o‘rganib kelish topshiriladi.
Birinchi sinfning tayyorgarlik davridayoq ―oldin‖, ―keyin‖ tushunchalari
kiritiladi. Masalan, to‘rtta faslga doir rasmli ko‘rgazmadan foydalanib, qaysi fal oldin
keladi, qaysisi keyin keladi, degan savollarni tushuntirish mumkin.
1-sinfdan boshlab, tong, kunduz, kechqurun, tun, bugun, kecha, ertaga
tushunchalari bilan tanihib boradilar. Sinfda kalendardan (taqvim) foydalanish, shu
asosda hafta, oy, yil kabi ularning orasidagi bog‘lanishni o‘rganish mumkin.
―Vaqt o‘lchovlari‖ mavzusi bo‘yicha darslarda odamlar turmushida vaqtning
qanday rol o‘ynashini, kichik chaqaloqligidan keksa bo‘lgunga qadar o‘tgan
oraliqdagi odamlarning yoshi bo‘yicha bosqichlarini tushuntirish, suhbat uyushtirish
mumkin.
IV sinfda ―Vaqt o‘lchovlari‖ mavzuida yil, oy hafta, sutka, soat, minut
kabi o‘lchov birliklari haqida tushuncha beriladi. Ko‘rgazmali tushun cha
berish uchun soat va undan foydalanishga kengroq to‘xtatilish kerak.
Sinfda vaqtning o‘lchov asboblari : soat va sekundomerlar bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Ko‘proq hisoblash ishlarida soat siferblatining bo‘lishi shart. Vaqtni
hisobga oladigan quyidagi qo‘llanmalar haqida tushunchlar berish mumkin:
1.Tabel
2.Soatning demonstrasion modeli (sifrblat).
3.‖Maktab o‘quvchisining kundalik rejimi‖ jadvallari.
Shuningdek, sekund va asr bilan tanishadilar. O‘quv yilning oxirida quyidagi
vaqt o‘lchovlari jadvali beriladi.
1 asr = 100 yil
1 sutka = 24 soat
1 yil = 12 oy
1 soat = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31 sutka
1 minut = 60 sekund.
Fevral oyi 28 yoki 29 kun. 1 oddiy yil 365 sutka. Kabisa yili 366 kun.
Asosiy birliklar – yil va sutka
Darslikda berilgan jadvaldan foydalanib 12 oy va har bir oy necha kundan
iboratligini ko‘rsatish zarur. Bu mavzuga oid darslarda yirikroq vaqt o‘lchovlarini
maydaroq vaqt o‘lchovlariga va aksincha almashtirishga oid mashqlarga katta e‘tibor
bergan ma‘qul.
|