O’lchov birliklari to’G’risidagi tasavvurlarni shakllantirish metodikasi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 288,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix05.05.2023
ölçüsü288,17 Kb.
#107840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
281-289

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-281-289 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 282  www.ares.uz 
predmetlarni (paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg shakar, tuz, yormalar va 
"boshqa narsalarni) 1, 2, 5 kg li toshlar naboridan foydalanib tortish bilan 
tanishtirish мақсадга мувофиқ бўлади. 
Маssani o‘lchash jarayonida bolalarning o‘zlari qatnashishi muhimdir. 
Albatta, bunda o‘qituvchi oldindan tarozida tortish qoidalarini gapirib 
berishi kerak. Tortish natijalari doskaga va daftarlarga yoziladi.
Navbatdagi darsda bolalar hajm (sig‘im) o‘lchovi birligi — litr bilan 
tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarini bo‘lishi, ya‘ni bir litrli 
banka, krushka, shuningdek, idishlarning (banka, chelak, kastryulka, 
stakanlar) bo‘lishi juda muhim ahamiyatga ega. 
O‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmada «darsni suhbatdan 
boshlash» tavsiya qilinadi, — bu suhbatda «bolalardan oldin, kim ulardan 
sut yoki lampa moy (kerosin) sotib olganini, unda sotuvchi sut yoki 
kerosinni nima bilan o‘lchashini» so‘rab olish tavsiya etiladi.Shundan keyin 
litrni ko‘rsatish va litr yordamida har xil idishlarning hajmin i (sig‘imini
o‘lchashga o‘tish tavsiya qilinadi. Amaliy ishlarni har xil shaklda o‘tqazish 
mumkin. Shulardan ba‘zilarini keltiramiz: 
1) «Magazin» o‘yini: o‘quvchilardan biri sotuvchi qilib tayinlanadi. 
Chelaklarga «sut» (suv) quyilgan. Bir necha o‘quvchi bidonlar va bankalar 
olishadi — ular xaridorlar. Xaridorlarning talabiga binoan sotuvchi ularga 1 
litr, 2 litr, 3 litrdan «sut» quyib beradi, qolgan hamma o‘quvchilar sotuvchi 
«sutni» to‘g‘ri quyib berayotganini kuzatib borishadi.
2) Bankaga, kastryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sig‘ishini 
o‘lchash taklif qilinadi. Bunda oldin o‘quvchilardan biror idishga necha litr 
suyuqlik sig‘ishi haqida qanday fikrda ekanliklarini so‘rash kerak. Ular 
o‘zlari o‘ylagan sonni yozib qo‘yishsin, o‘lchashlardan keyin o‘zlarining 
qanchalik turli o‘ylaganliklarini tekshirib ko‘radilar.
3) 
Bir chelakka 5 l ikkinchi chelakka 3 l suv quying. Chelaklardagi 
suvlar teng bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (1 l suvni birinchi chelakdan 
ikkinchisiga quyish, birinchi chelakdan 2 l suvni to‘kib yuborish mumkin
ikkinchi chelakka yana 2 l suv quyish mumkin).
O‘qituvchi bulardan ba‘zi mashqlarni tanlab olishi, o‘z mashqlaridan 
foydalanishi mumkin, ammo bolalar o‘lchashni mashq qilishlari va sig‘imni 
ko‘zda chamalab aniqlashlari muhimdir. 
Ikkinchi sinfda o‘quvchilar yangi massa birligi — gramm bilan 



Yüklə 288,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin