Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Mustaqil ishlar metodlari. 
Mustaqil ishlar ta’limning barcha
 
bosqichlarida 
o‘tkaziladigan, o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari, 
rahbarligida bajariladigan intellektual va amaliy topshiriqlardir. Hozirgi paytda 
mustaqil ishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Darslikdagi qoidalar va ta’riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va 
ta’rifni o‘qish va ularga oid omillarni ajratish; o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra 
to‘plangan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarish; darslikning ayrim sahifalarini 
tanlab o‘qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo‘lllari to‘g‘risida 
qisqacha hisobot tayyorlash; qoida, ta’riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va 
terminlarga qo‘shimcha adabiyotlardan o‘rganilgan mavzu doirasida material 
to‘plash; ma’ruza, hikoya, suhbat paytida o‘qituvchi chiqargan xulosalarni 
darslikdagi qoida, ta’riflarni solishtirish.
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, 
misol va masalalar variantlarni o‘zaro musobaqalashib bajarish; darslikdagi 
amaliy materiallar asosida turli diagramma, jadval, chizmalar tayyorlash; 
labaratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasini tuzish.
Didaktik o‘yin metodi. 
Keyingi yillarda ilg‘or o‘qituvchilar
 
tajribasida 
didaktik o‘yinlardan ta’lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib 
bormoqda. Didaktik o‘yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o‘quv-
tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni 
og‘zaki bayon etish, ko‘rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo‘llaniladi. 
SHu xususiyatlariga ko‘ra didaktik o‘yinlar sintetik xarakterga ega. Ularning 
quyidagicha turlari mavjud:


Simulyativ o‘yin-ta’limni hayotda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy voqealarga 
tenglashtirish, ularni qiyosiy tarzda tashkil etish va boshqarish metodidir.
Simulyativ o‘yinlarning bir ko‘rinishi insenirovka (rollarga ajratib o‘qish) 
metodidir.
Situativ o‘yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o‘z o‘rnini olib 
bormoqda.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin