6.
Aniq narsalardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat
o‘quvchilarni o‘ylashi va savolga javob berishida engillik tug‘diradi.
7.
Faqatgina “ha” yoki “yo‘q”, “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” degan javoblar
beriladigan savollarni berishdan saqlaning.
8.
O‘quvchilarga o‘z tajribalariga tayangan holda javob beradigan
savollarni
bering.
9.
O‘zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering.
10.
Qo‘yilgan savolga javob berilganda, o‘quvchilardan “Nima uchun
shunday deb o‘ylaysiz?” deb so‘rab turing.
Interfaol metodlar bo‘yicha o‘qish jarayoni tashkil etilganda e’tibor berilishi
kerak bo‘lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni. Vazifaning mazmuni
o‘qitishning an’anaviy shakllariga qaraganda boshqacharoq bo‘lishi lozim.
Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragraf konspektini olish vazifa sifatida
berilishi maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o‘quvchi bu ishni o‘zi,
mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni
ko‘rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo‘yilishigina,
o‘quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning
ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy
fikrini shakllantirishga undaydi.
Dars oxirida guruhlarning kichik masalalarini
echimlari asosida berilgan masala echishini tashkil qilish
lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab
masalani echish va unga ko‘proq o‘quvchilarni jalb qilish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida olingan bilimlarni xayotiy vaziyatlarda
qo‘llash bo‘yicha bir necha dasturiy vositalar mavjud.
5-sinf o‘quvchilarida dasturlash bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar xosil qilish
haqida qisqacha ma’lumot berilgan, shuningdek amaliy mashg‘ulot o‘tkazishda
vosita tanlanmagan. Quyida shu mavzuni o‘quvchilar uchun yanada tushunarli va
qiziqarli o‘tkazish yuzasidan STEAM yondashuvi asosida namuna keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: