Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Amaliy bilim 
esa
 
texnika
 
va
 
texnologiya sohasidagi jarayonlarning
 
aloqasini, hodisasini va boshqalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliy faoliyatga 
kiritilganligini bildiradi.
Malaka – 
bu o‘quvchining
 
avtomatik ravishda
 
yo‘naltirilgan holda
 
birorta 
ishni baholash qobiliyatidir.
Ko‘nikma - 
yangi sharoitda
 
insonning
 
(mutaxasisning)
 
ishni sifatli,
 
kerakli 
hajmda va ajratilgan – belgilangan vaqtda bajarish qobiliyatidir.
Kompetensiya-
xayotiy vaziyatlarda olingan bilim,
 
ko‘nikma va
 
malakalarni 
qo‘llanilishi.
Ko‘nikmani shakllantirish bu kasbiy ta’limning majburiy oxirgi maqsadi 
bo‘lib, bu ko‘nikma o‘qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib 
boradi.
Kasbiy qobiliyat – kasbiy faoliyat sharoitida ishni muvaffaqiyatli bajarish 
uchun zarur bo‘lgan shaxsning shaxsiy –psixologik sifati belgisidir.
Qobiliyat tug‘ma bo‘lmasdan uning ko‘zga tashlanishi yoki ajralib turishi 
muhitga, o‘rganishga, tarbiyaga bog‘liqdir. Qobiliyatning tug‘ma ko‘rinishi uning 
qabul qila olishi, fikrlashi, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar bo‘lgani uchun bular 
rivojlantirilsa, to‘g‘ri yo‘lga solishsa qobiliyat yuqori cho‘qqiga chiqadi.
Bilim, malaka va ko‘nikma, qobiliyat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularni alohida-
alohida baholash juda murakkab.


O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash ustozning, 
o‘qituvchining muxandis pedagogning uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir. 
SHuning uchun ham o‘qituvchi o‘quv sharoitida har bir o‘quvchini diqqat bilan 
kuzatib, o‘rganib borish va faoliyatini baholab borishi zarur.
Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy o‘quv yurtlardagi 
texnikaviy, texnologik fanlar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash 
usullari va shakli asosan bir xildir. Ularda faqat mazmun jihatdan ya’ni amaliyotni, 
kasbiy yo‘naltirilganlik, malaka va ko‘nikmalarga bo‘lgan talabning ko‘prog‘i va 
boshqalar bilan bog‘liqdir.
Mashinasozlik fanlarini o‘rganishda bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
baholashning quyidagi turlari mavjud:
Joriy – og‘zaki so‘rash, yozma nazorat ishlari, amaliy ish, o‘qituvchining 
kuzatib borishi, dasturli nazorat.
Davriy – har bitta mavzuning o‘tgandan keyin tekshirib borish.
YAkuniy – nazorat ishlari, imtihon va bitiruv ishlari.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilishda uchta 
asosiy funksiya (vazifa) amaliga oshiriladi: tekshiruvchi, o‘rgatuvchi va 
tarbiyalovchi.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin