-
ishlab chiqarish mohiti unumdorligi – vaqt va mahorat;
-
ishni bajarishda ishlab chiqarish negizlarining usullarini qo‘llay olish;
-
hozirgi zamon texnika va texnologiyasini qo‘llay olish, ish bajarish;
-
mustaqil ish bajara olish;
-
amaliy ishlarni bajarish nazariy bilimlarni qo‘llay olish;
-
mehnat madaniyati, ish joyi tartibi;
-
ish bajarish vaqtida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga o‘qituvchi besh balli
sistema bo‘yicha baho qo‘yadi. Baho qo‘yishning besh balli sistemasini amalda
tadbiq etishda so‘zlar bilan ifodalanadigan «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli»,
«yomon», «juda yomon» degan baholarni «5», «4», «3», «2», «1» raqamlari bilan
almashtirish maqsadga muvofiq deb topilgan. Raqamli baholash ko‘proq aniqligi,
puxtaligi va foydalanish uchun qulayligi bilan farq qiladi.
Quyidagi baho mezonlari belgilab chiqilgan.
O‘quv materialini butun tafsilotlari
bilan bilish va tushunish, materialni
izchil, mantiqan bog‘langan holda xatosiz bayon etish,
xisob-kitob va grafika
ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiy-
texnikaviy bilimlarni mustaqil, dadil va to‘g‘ri tadbiq etish,
mehnat usullarini
to‘g‘ri bajarish (mehnat va hunar ta’limi dasturining talablari doirasida),
texnikaviy talablar doirasida sifat ko‘rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt
normasi doirasida bajarish «5» baho bilan baholanadi.
«4» baho butun o‘quv materiallarini
bilishi va tushunishi, uni og‘zaki va
yozma ravishda to‘g‘ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to‘g‘ri va
puxta bajarishi, olingan bilimlardan o‘quv-mehnat topshiriqlarini, berilgan ishni
belgilangan vaqt normasiga muvofiq o‘z vaqtida bajarilganligi uchun qo‘yiladi.
«3» baho programmadagi asosiy materialni bundan keyingi o‘quv-mehnat
vazifalarini bajarishga imkon beradigan xajmda bilishi va tushunishi, o‘quv
materialini birmuncha xato va kamchiliklar bilan, o‘qituvchining ozgina yordami
orqali
sodda qilib bayon etishi, mehnatni tashkil etishda bir oz kamchiliklar
bo‘lgan holda belgilangan vaqt normasini 75% bajargani uchun qo‘yiladi.
«2» balli baho programma materialining ko‘p qismini yaxshi tushunmaslik,
uni qo‘pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob
va grafika ishlarini etarli
darajada bajarmaslik, olingan bilimlarni xatolarga yo‘l qo‘yib tatbiq etish, mehnat
operasiyalarini ko‘p xatolar bilan bajarish, mehnatda belgilangan sifat
ko‘rsatkichlarini ta’minlay olmaslik uchun qo‘yiladi.
Butun programma materialini bilmaslik va tushunmaslik, o‘tilgan materialni
bayon
qilib bera olmaslik, olingan bilimlardan amalda foydalana bilmaslik,
mehnat usullarini qo‘llay olmaslik, xatoga yo‘l qo‘yish uchun «1» baho qo‘yiladi.
Baholashni tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. SHu
munosabat bilan o‘qituvchilar qo‘ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu
hol o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi kamchiliklarini,
amaliy ishlaridagi
nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. Baholashni muntazam izohlab borish
ularning ta’limiy rolini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: