Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

2.
 
O‘quvchining o‘quv faoliyati monitoringini olib borish 
mezonlari. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim 
samaradorligi va sifatini
baholash bo‘yicha yo‘riqlar.
O‘quvchilarning 
Blum taksonomiyasi bo‘yicha
bilish o‘quv maqsadiga 
erishganligini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha 
ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. 
Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha ob’ektlarni aniqlashi, ularga ta’rif berishi, 
ma’lumotlarni qayta ishlashi, o‘z fikrini bayon etishi, muayyan jarayon, ob’ekt 
yoki voqeaning mohiyatini tushuntirishi, mazkur jarayon, ob’ekt yoki voqeaning 
o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Ushbu fikrlarni standart o‘quv va test topshirig‘i bilan amalga oshirib 
bo‘lmaydi, bilish o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini aniqlashda quyidagi 
rasmli va ko‘p javobli nostandart test
lardan foydalanish tavsiya etiladi.
Mazkur test topshiriqlari tahsil oluvchilarning nafaqat o‘zlashtirgan 
bilimlarini balki ob’ekt va uning qismlarini tanish, o‘ziga xos xususiyatlarini 
aniqlash ko‘nikmalarini nazorat qilish va baholash jarayonini haqqoniy va odilona 
amalga oshirish imkonini beradi.
O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga 
erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart 
test topshiriqlarini qo‘llash muhim ahamiyatli natijalarni beradi.
O‘quv maqsadlari taksonomiyasi Benjamin Blum — tomonidan ishlab 
chiqilgan bo‘lib, u o‘z ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo‘llash, tahlil qilish, 
sintezlash, baholash kabilarni o‘z ichiga oladi
4
.
Blum taksonomiyasini quyidagicha izohlash mumkin:
Ushbu jadvalda o‘quv maqsadlari, ularning izohi, ya’ni bilimlarni maqsadga 
aylantirishda foydalaniladigan fe’llar, seminar, amaliy va labaratoriya 
mashg‘ulotlari davomida baholash turlari, hamda Reyting tizimi nazorat turlarida 
foydalaniladigan topshiriqlar o‘z aksini topgan.
Mazkur bilimlarni talabalar tomonidan o‘zlashtirilganligini ob’ektiv va 
haqqoniy aniqlash va baholash maqsadida test topshiriqlaridan foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Test topshiriqlarini tuzish, pedagogik amaliyotda qo‘llash va olingan 
natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish testologiya fanining ob’ekti sanaladi.
Har bir o‘quv kursining ta’lim mazmunini tahlil qilish uchun quyidagi 
nazariy asosga tayanish lozim.
I.YA. Lerner tomonidan ta’lim mazmunining tarkibiy qismlariga:
1.
Bilimlar (ilmiy tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar); 


2.
Faoliyat usullari (ko‘nikma va malakalar); 
3.
Ijodiy faoliyat tajribalari; 
4.
Qadriyatlar tizimi kiritilgan. 

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin