4-prinsip. Test topshiriqlarining mazmunan to‘g‘riligi prinsipi. Test topshiriqlariga o‘quv kursi mazmunidagi ob’ektiv va haqiqiy bilimlar
kiritilishi maqsadga muvofiq. Mazmundagi bahs va munozaraga olib keladigan
masalalar test topshiriqlariga kiritilmasligi lozim. Bu holat tahsil oluvchilarning
o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish
va baholash imkonini bermaydi.
5-prinsip. Test topshiriqlari mazmunida o‘quv kursi mazmunining qayta taqdim etilishi prinsipi. Mazkur prinsip test topshiriqlarini tayyorlashda o‘quv kursi mazmunini
to‘liq va etarli darajada qamrab olinishini nazarda tutadi. O‘quv kursi bo‘yicha
tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida mavzulararo, boblararo, bo‘limlararo
va fanlararo bog‘lanishlarga etarli darajada e’tibor qaratilgan, mazmunan bu
jarayon o‘quv materialida o‘z aksini tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar
shaklida topgan bo‘lsa, bunda hamma mavzular bo‘yicha emas, balki tanlangan
asosiy mavzular va boblar bo‘yicha test topshiriqlari tayyorlanadi.
6-prinsip. Test topshiriqlari mazmunining fanning hozirgi zamon holatiga mosligi prinsipi .
Mazkur prinsip test topshiriqlari mazmunini jamiyatimizda sodir
bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlar, huquqiy me’yorlar,
fanning o‘quv kursi ta’lim mazmuniga kiritilgan fan yangiliklariga moslashni
talab etadi.
Shuni qayd etish kerakki, o‘quv kursi mazmuni tahsil oluvchilar tomonidan
shu kursga oid ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘ziga xos va mos
proeksiyani hosil qiladi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, test topshiriqlarining
mazmuni ham zamonaviy, ham tahsil oluvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirish bosqichlariga mos bo‘lishi lozim.
7-prinsip. Test topshiriqlari