Test topshiriqlarining o‘ziga xos shakli
oddiy savol-javobdan
farq qilib,
test topshirig‘i savollari va javoblari qisqa va lo‘nda bo‘lishi bilan izohlanadi.
Test topshiriqlarining muayyan mazmuni
deyilganda kurs
mavzulari va
ularning mazmunidagi nazorat qilinishi lozim bo‘lgan o‘quv materiallari
tushuniladi.
Test topshiriqlarining o‘sib boruvchi qiyinlik darajalari
tizim shaklida
mujassamlashtirilgan topshiriqda
dastlabki testlar reproduktiv, produktiv,
keyingilari qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) bo‘lishi nazarda tutiladi. Test
topshiriqlarining qiyinlik darajasi ko‘rsatkichlari
tizim hosil qiluvchi, shu bilan
bir qatorda topshiriqlar strukturasini aniqlovchi omil sanaladi.
Dostları ilə paylaş: