Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


Test topshiriqlarining mantiqiy jihatdan asoslanganligi



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Test topshiriqlarining mantiqiy jihatdan asoslanganligi 
mezoni o‘zida 
savol va topshiriqlarning mantiqiy ketma-ketlikda aks ettirilishi tushuniladi.
Test topshiriqlari mantiqiy tuzilishiga ko‘ra: induktiv yoki deduktiv bo‘lishi 
mumkin.
Test topshiriqlarining javoblari mazmunga mos, qisqa fikrli, aniq, lo‘nda, 
to‘g‘ri va noto‘g‘ri jumlalardan iborat bo‘ladi. Test topshiriqlaridagi to‘g‘ri va 
noto‘g‘ri javoblarning tarkibidagi so‘zlar birikmasi va soni bir xil bo‘lishi talab 
etiladi.
Tahsil oluvchilarning bilim darajasi 
test topshiriqlari orqali
 
nazorat 
qilingan va olingan natijalarni tahlil etish orqali ularning mazkur kurs bo‘yicha 
DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasi 
aniqlanadi.
SHuni qayd etish kerakki, test topshiriqlarida bilimlar strukturasining ketma-
ketligi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning mantiqiy yo‘nalishda talab darajasida 
berilishi lozim.
Talab darajasida tuzilgan test topshiriqlarining natijalari, ya’ni tahsil 
oluvchilarning to‘plagan ballari va ko‘rsatkichlari mazkur kurs bo‘yicha o‘quv 
jarayonining 
maqsadga 
muvofiq 
tashkil 
etilganligi, 
ta’limning 
individuallashtirilganligi, 
tabaqalashtirilgan 
yondoshuvning 
mavjudligi, 
pedagogning pedagogik mahorati, nazoratning haqqoniyligiga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi. 
O‘qituvchi muayyan kurs bo‘yicha tahsil oluvchilarning shu kurs bo‘yicha 
DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va 
baholash Reyting tizimining joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun test 
topshiriqlarini tuzishda avvalo asosiy e’tiborni, DTS mazmunini qamrab olinishi, 
ya’ni mazmuni va shakliga, test topshiriqlari o‘rtasida uzviylik va izchillikka 
qaratishi lozim.
Standart testlar. 
Test topshiriqlariga qo‘yiladigan asosiy talab,
 
har bir test 
muayyan mazmun, tarkib, yaxlitlik va strukturaga ega bo‘lishi lozim.
SHuni nazarda tutgan holda, u topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, 
shu topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bo‘lgan 


bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘lishi 
zarur.
Test topshiriqlarining yaxlitligi u bir mavzu, bob, bo‘lim yoki kurs 
mazmunini qamrab, ularni nazorat qilish imkoniyatiga ega ekanligida ko‘zga 
tashlanadi.
Har bir test topshirig‘i yaxlit topshiriqning bir bo‘lagi sifatida muayyan 
mazmunni qamrab oladi va ma’lum bir vazifani bajaradi, shu sababli ularning 
birortasini olib tashlash bilimlarni aniqlash jarayoni va sifatiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi.
Test topshiriqlarining strukturasiga topshiriqning o‘zaro aloqadorligini 
amalga oshirish orqali erishiladi. Asosan, har bir test topshirig‘i bir-biri bilan 
umumiy mazmun va erishilishi nazarda tutilgan natijalarning umumiy variatsiyasi 
orqali bog‘liqligini ko‘rish mumkin.
Standart pedagogik testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra: gomogen va 
geterogen testlarga ajratiladi.
Gomogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos 
shaklga ega bo‘lib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik 
darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va 
baholashga mo‘ljallangan bitta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar tizimi 
sanaladi.
Geterogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos 
shaklga ega bo‘lib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik 
darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va 
baholashga mo‘ljallangan bir nechta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar 
tizimi sanaladi.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin