Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

 
Bunda ijrochi uchun
 
beriladigan har 
bir ko‘rsatma so‘zlar orqali buyruq mazmunida beriladi(yuqorida keltirilgan 
misollarga e’tibor bering). 
2.
Algoritmning 
formulalar 
yordamida 
berilishi
.
 
Algoritmning
 
formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo va boshqa aniq 
fanlarni o‘rganishda ko‘proq foydalaniladi. Masalan: uchburchakning yuzini 
uning asosi va balandligi bo‘yicha hisoblash formulasi 
S
 

a
2

h
.
 
 
3.
Algoritmning jadval ko‘rinishida berilishi. 
Algoritmning bu
 
ko‘rinishida tasvirlanishidan ham ko‘p foydalaniladi. Masalan: to‘rt xonalik 
matematik jadvallar yoki turli lotoreya jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini 
chizishda ham algoritmning qiymatlar jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. 
4.
 
Algoritmning 
dastur 
shaklida 
ifodalanishi
.
 
Millionlab
 
kompyuterlarning keng tarqalib ketishi algoritmlarning dastur tarzidagi 
tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Sababi shundaki, 
kompyuterlar doimo dasturlar yordamida boshqariladi.
 
 
Dasturdagi buyruqlar kompyuter-ijrochiga tushunarli bo‘lishi shart. 
Beriladigan buyruqlar tizimi kompyuter uchun tushunarli tilda bo‘lishi yoki shu 
tilga tarjima qilib berilishi kerak. Hozirgi kunda minglab dasturlash tillari mavjud 
va yangilari yaratilmoqda. Jumladan, Pascal, Visual Besic, S+ Delphi va hokazo 
kabi dasturlash tillari bunga misol bo‘ladi.
 
 
5.
 
Algoritmlarning grafik (blok-tizim) shaklida tasvirlanishi. 
 
Algoritmning blok-tizim ko‘rinishidagi tasvirida geometrik figuralar shaklidagi 
oddiy elementlardan foydalaniladi. Nisbatan murakkab masalalarni echishda 
algoritmdan muayyan EHM tilidagi dasturga o‘tish juda qiyin. Bunday bevosita 
o‘tishda algoritmning alohida qismlari orasidagi bog‘lanish yo‘qoladi, algoritm 
tarkibining asosiy va muhim bo‘lmagan qismlarini farqlash qiyin bo‘lib qoladi. 
Bunday sharoitda keyinchalik aniqlash va to‘g‘rilash ancha vaqt talab qiladigan 
xatolarga osongina yo‘l qo‘yish mumkin. Odatda algoritm bir necha marta ishlab 
chiqiladi, ba’zan xatolarni to‘g‘rilash, algoritm tarkibini aniqlashtirish va 
tekshirish uchun bir necha marta orqaga qaytishga to‘g‘ri keladi. Algoritm ishlab 
chiqishning birinchi bosqichida algoritmni yozishning eng qulay usuli algoritmni 
blok-tuzilma ko‘rinishda ifodalashdir.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin