Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

6-misol
.
 
Misolning echish
 
algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
1)
EHM xotirasiga a va b ning qiymatlari kiritilsin; 
2)
to‘g‘ri to‘rtburchaklar soni n kiritilsin; 
3)
to‘rtburchaklar asosi (eni) hisoblansin: h=(b-a)/n; 
4)
1- to‘rtburchak balandligi (bo‘yi) aniqlansin: x1=a; 
5)
1- to‘rtburchak yuzi hisoblansin: S1=sqr(x1)*h; 
6)
S1 ning qiymatini eslab qoldirilsin; 
7)
2- to‘rtburchakka o‘tilsin; x2=x1/h (balandligi shunga bog‘liq); 
8)
2- to‘rtburchak yuzi hisoblansin: S2=sqr(x2)*h; 
9)
S2 ning qiymati S1 ning qiymatiga qo‘shib qo‘ylsin va yig‘indi eslab 
qolinsin; 
11)
n- to‘rtburchakka o‘tilsin: xN = x(N-1)/hqb; 
12)
n- to‘rtburchak yuzi hisoblansin: Sn=sqr(b)*h; 
13)
Sn ning qiymati S1, S2,...,S(N-1) lar qiymatiga qo‘shilsin. 
Algoritmni ishlab chiqish uchun avvalo masalaning echish yo‘lini yaxshi 
tasavvur qilib olish, keyin esa uni formallashtirish, ya’ni aniq qoidalar ketma-
ketligi ko‘rinishida yozish kerak. Bu misollardan bitta umumiy tomonini kuzatish 
mumkin. Bu algoritmdan qanday maqsad ko‘zlanganligini bilmasdan turib ham, 
uni muvaffaqiyat bilan bajarish mumkin. Demak, hayotda uchraydigan murakkab 
jarayonlarni boshqarishni yoki amalga oshirishni robotlar, kompyuterlar va boshqa 
mashinalar zimmasiga yuklashimiz mumkin ekan. Bu esa algoritmning juda 
muhim afzalligidir. SHunga ko‘ra, har bir inson o‘z oldiga qo‘yilgan masalaning 
echish algoritmini to‘g‘ri tuzib bera olsa, o‘z aqliy va jismoniy mehnatini 
engillashtiribgina qolmay, bu ishlarni avtomatik tarzda bajarishni mashinalarga 
topshirishi ham mumkin. 
Algoritmni ishlab chiqishda masalaning echish jarayonini shunday 
formallashtirish kerakki, bu jarayon etarli darajadagi oddiy qoidalarning chekli 
ketma-ketligi ko‘rinishiga keltirilsin. Masalan, biz ko‘pincha ko‘p xonali sonlar 
ustida asosiy arifmetik amallarni bajarishda vatandoshimiz Al-Xorazmiyning IX 
asrda yaratgan qoidalarini ishlatamiz. "Algoritm" atamasi ham ana shu buyuk 
matematik nomidan kelib chiqadi.
SHuning uchun algoritm deb, masala echimini tasvirlashning ixtiyoriy tasviri 
olinmasdan, balki faqatgina ma’lum xossalarni bajara oladiganlari qabul qilinadi. 
Ko‘rsatmalarning mazmuni, kelish tartibi, qo‘llanish doirasi va olinadigan 
natijadan kelib chiqib, algoritmning eng asosiy xossalari bilan tanishamiz.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin