1-AMALIY MASHG‘ULOT:
Fan mazmunining o‘ziga xosligi va o‘qitishning zamonaviy
texnologiyalari hamda metodlari
Ishdan maqsad:
Informatika va axborot texnologiyalari fanini
o‘qitishning
zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari: 1)
ilmiy izlanish metodlari
(kuzatish, tajriba, taqqoslash, analogiya, analiz va
sintez,
umumlashtirish,
abstraksiyalash,
konkretlashtirish
va
klassifikatsiyalash), 2) o‘qitish metodlari (izohli-ko‘rgazmali,
namoyish,
kitob
bilan ishlash,
reproduktiv, evristik (o‘quv kashfiyoti),
muammoli vaziyat,
tadqiqot, loyihalash metodi, muayyan vaziyatlarni o‘rganish (keys-stadi) metodi,
maruza, hikoya, og‘zaki yo‘l-yo‘riq berish,
tushuntirish,
suhbat metodlari,
amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi), 3) xulosa chiqarish metodlari (induksiya,
deduksiya va analitik metod) xaqida ko‘nikmalar xosil qilish
"Insert" texnologiyasi
Ushbu texnologiya
yangi matn bilan ishlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Matnni qo‘lda qalam bilan o‘qib chiqish.
2.
o‘qish davomida matnda maxsus belgilar qo‘yib borish:
+
buni bilaman; – buni bilmas edim; ? buni mukammal bilmoqchi edim;
3.
Matn bilan to‘la tanishib chiqilgandan so‘ng quyidagi jadval to‘ldiriladi:
Buni bilar edim.
Buni bilmas edim.
Mukammal
bilishni xohlayman.
+
–
?
O‘quvchilar matn bilan ishlayotganda bir qator belgilarni qo‘yib
boradi, ular esa quyidagi ma’nolarni bildiradi:
“V”-bilganlarimni
tasdiqlaydi;
“+”-yangi
axborot;
“-“-
bilganlarimga zid keladi; “?”-meni o‘ylantirib qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: