bo‘lsin. YAngi guruhlarda ishtirokchilar o‘z guruhlarida
qilgan ishlarining
natijalarini muhokama etadilar.
Ushbu metod guruh a’zolarining hammasini faollashtiradi. Ularning har biri
qisqa fursat davomida bahs ishtirokchisi bo‘lishi bilan birga, ma’ruzachi vazifasini
bajaradi.
Ushbu metod bilan mashg‘ulotni qanday olib borish kerak?
1.
mashg‘ulot oldidan o‘qituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta o‘rindiq qo‘yib
chiqadi.
2.
sinf har biri 6 ta o‘quvchidan iborat 6 ta guruhga bo‘linadi.
3.
o‘quvchilar o‘z o‘rinlarini egallab bo‘lganlaridan so‘ng o‘qituvchi bahs
mavzusini aniqlaydi (guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli
jihatlariga tegishli bo‘lishi mumkin).
4.
o‘qituvchi guruhlarda ish borishini nazorat qilib turadi.
Barcha guruh
a’zolarini masalaning shartini to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qiladi,
savollarga javob beradi va agar ishtirokchilar yordamga muhtoj bo‘lib qolsalar,
ularga qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.
5.
belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng o‘qituvchi
shunday yangi guruhlar
tuzadiki, har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok
etsin.
"Rolli o‘yinlar"
.
Rolli o‘yinlar metodining mohiyati shundan
iboratki, unda
o‘quvchilar boshqa kishining roliga kirib oladilar va uning ichida xarakat qiladilar.
O‘yinda o‘quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul
qilishlari, konfliktli holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni
nihoyasiga etkazishlari kerak bo‘ladi.
Rolli o‘yinlar o‘quvchilarda
boshqalarni tushinish, ularga xayri-xoxlik qilish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini o‘ynash orqali, uning nuqtai nazarini
tushinish oson, hatto uning nimalar haqida o‘ylayotgani va sezayotganini ham. Rolli
o‘yinlar o‘quvchilarga turli vaziyatlarda o‘zini tuta bilishning modellarini berishi
mumkin.
Darslarda rolli o‘yinlarini qo‘llash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1.
O‘yinni vaziyatlarini tanlash. Rolli o‘yinlarga material bo‘lib xizmat
qiladigan ko‘plab vaziyatlar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (internet
xizmati provayderi bilan muloqat qilish) va konfliktni
hal qilish vaziyatlarini
(dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) o‘z ichiga oladi. O‘yinlar maxsus
savollar yoki muammolarni hal etishda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, yosh
bolalarga internet tarmog‘ining barcha ma’lumotlariga kirishga ruxsat berish
kerakmi yoki yo‘qmi? degan savolga javob topishda o‘yin metodidan foydalanish
mumkin.
2.
Tayyorlash. O‘quvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular
o‘rtasida rollar taqsimlanadi.
3.
Ishtirokchilarni tanlash. o‘qituvchi rolga o‘quvchilarni o‘zi tanlashi, guruhda
o‘zlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xoxlovchilarni taklif etishi mumkin.
O‘quvchilar o‘zlarining sinfi oldida chiqish qilishlari yoki bir vaqtning o‘zida kichik
guruhlarda ishlashlari mumkin. Rolli o‘yinlarida ishtirok etmayotgan o‘quvchilar
kuzatuvchi bo‘lishlari yoki boshqa rolni o‘ynashlari mumkin.
4.
O‘yinni o‘tkazish. O‘quvchilar o‘yin doirasida o‘zlarini
tutish usulini
o‘zlari tanlaydilar. Bunda albatta berilgan vaziyatga tushganda inson o‘zini qanday
tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. O‘yinning borishiga o‘qituvchi aralashmasligi
lozim. Agar o‘yin bor joyiga kelganda qolsagina, unga turtki berish maqsadida
aralashishi mumkin. SHunda ham aralashuv qisqa, aniq va ravshan bo‘lishi kerak.
Ayrim hollarda o‘yin tugagandan
keyin rollarni almashib, yana bir bor takroran
o‘yin o‘tkazish foydadan holi bo‘lmaydi.
5.
Muhokama. O‘yin muxokama qilinishi va baholanishi kerak. Muxokama
uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
– Siz nimalarga o‘rgandingiz?
– O‘yin bo‘yicha va har bir rol bo‘yicha nimalarni his etayapsiz?
– O‘yin realistik bo‘ldimi?
– Qo‘yilgan masala hal etildimi? Agar hal etilgan bo‘lsa, qanday hal
etildi? Agar hal etilmagan bo‘lsa, nima uchun?
Dostları ilə paylaş: