16.3 Aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish, ma’rifiy - ma’naviy va sotsial darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar Inson tirik ekan uning ehtiyoji ham bo’ladi. Ehtiyojlar xilma – xildir. Shu nuqtai nazardan ular quyidagi turlarga
bo’linadi:
-
moddiy ehtiyojlar;
-
ma’rifiy va ma’naviy ehtiyojlar;
-
sotsial ehtiyojlar;
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Ular eng zarur va hayotiy ehtiyojlar bo’lib:
oziq - ovqat;
kiyim - kechak;
turar - joy;
transport;
aloqa;
gigiena;
elektr quvvati;
gaz;
barcha maishiy xizmatlar kabi ehtiyojlardan iborat bo’ladi.
Aholi jon boshiga necha kilogramm go’sht, non, un, guruch, shakar, meva, sabzavot, poliz mahsulotlari, sariyog’,
o’simlik moyi, necha litr sut, spirtli yoki spirtsiz ichimlik iste’mol etilishi, har kishiga necha juft poyavzal, necha metr
gazlama, bitta oilaga o’rtacha avtomashina, televizor, magnitafon, muzlatgich, gilam, videoapparatura kabilarning to’g’ri
kelishini ifodalovchi ko’rsatkichlar aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalovchi miqdoriy
ko’rsatkichlardir.
Jon boshiga hisoblangan mahsulot turi quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: ∑q
i
– bir yil davomida iste’mol qilingan i mahsulot, jami; A – aholining yoki ayrim olingan ijtimoiy
guruhlarning o’rtacha soni.
Iste’molga shunday qonuniyat xoski, dastlab unda miqdoriy, so’ngra esa sifat o’zgarishlari yuz beradi. Avval, umuman,
tovarlar va xizmatlar iste’moli o’sgani holda, so’ngra ularni sifatlisini tanlab iste’mol etishga kirishiladi. Bu bozorning
to’yinishiga bog’liq. Ishlab chiqarish qancha rivojlangan bo’lsa, sifatli iste’mol shunchalik o’sadi.
Agar, K
tki
=1 bo’lsa, u holda aholining mazkur turdagi mahsulotga bo’lgan talabi to’liq qondirilgan, K
tki
>1 bo’lsa,
oshirilib qondirilgan, K
tki
<1 bo’lsa – u holda bu talab etarli darajada qondirilmagan bo’ladi.
1>